Ukrainaning Kiev shahrida O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 27 yilligiga bag‘ishlangan tadbir

Ukrainaning Kiev shahrida O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 27 yilligiga bag‘ishlangan tadbir

Joriy yilning 20-26 sentyabr kunlari Ukrainaning Kiyev shahrida O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 27 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston madaniyati kunlari hamda O‘zbekiston kulolchilik an’analariga bag‘ishlangan tadbirlar o‘tkazilib, unda O‘zbekiston davlat konservatoriyasi qoshidagi Ro‘zibi Xodjayeva rahbarligida tashkil etilgan “Istiqlolim qizlari” dutorchilar ansambli ishtirok etdi.

O‘zbekistonning Ukrainadagi muxtor elchisi A.Abdualiyev tashabbusi bilan o‘tkazilgan tadbirlarda ishtirok etgan “Istiqlolim qizlari” dutorchilar ansambli yig‘ilgan mehmonlarga o‘zbek musiqa san’atining yorqin namunalaridan kuy, qo‘shiqlar ijro etib, mehmonlar olqishlarga sazovor bo‘lishdi. “Sado” raqs ansambli tomonidan ijro etilgan raqslar guldastasi tadbirga o‘zgacha shukuh, mehmonlar qalbiga quvonch olib kirdi.


Tadbirlar davomida O‘zbekistonning Ukrainadagi muxtor elchisi A.Abdualiyev rafiqasi G.Abdualiyeva mehmonlarga O‘zbekiston kulolchilik an’analari, qo‘llanilgan naqshlar mazmuniga bag‘ishlangan taqdimot o‘tkazdi.

Bu kabi loyiha va tadbirlar xalqaro madaniy aloqalar rivojiga ulkan hissa qo‘shishiga ishonamiz.

Share

Tavsiya etilgan