Ustoz va murabbiylar har on e’zozda …

Ustoz va murabbiylar har on e’zozda ...

Kuni kecha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan ta’lim-tarbiya tizimida alohida o‘rnak ko‘rsatgan xodimlardan bir guruhini taqdirlash to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq bir guruh ustozlar va pedagoglar mukofotlangan edi. Bugun esa mamlakatimizning barcha hududlari va ta’lim maskanlarida 1 oktyabr – “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” keng nishonlanmoqda.

Xususan, O‘zbekiston davlat konservatoriyasida ham bayram tadbiri tashkil etilib, unda O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri – konservatoriya rektori B.Sayfullayev ishtirok etdi. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri B.Sayfullayev o‘z nutqida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniga muvofiq bir guruh soha hodimlari taqdirlanganligini va ular orasida madaniyat va san’at sohasida yosh iste’dodlarga ta’lim berib kelayotgan o‘qituvchilar ham borligi va bu o‘z o‘rnida Davlatimiz Rahbarining sohaga qaratayotgan e’tiborining yorqin namunasi ekanligini ta’kidladi hamda ularga o‘zining samimiy tilaklarini bildirib o‘tdi. So‘ngra, konsertoriyada faoliyat olib borayotgan zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega yosh iste’dodli yoshlarni kamol topishi yo‘lida samarali mehnat qilib kelayotgan o‘qituvchilar va murabbiylarni taqdirlab, ularga estalik sovg‘alarini topshirdi.

Shundan so‘ng, barcha o‘qituvchi va ustozlar bayram dasturxoniga taklif etildi. Bayram tadbiri davomida yosh ijrochilar o‘z san’atlari bilan yig‘ilgan ustoz va o‘qituvchilarni hushnud etishdi.

Share