85-maktabdagi o‘quvchi yoshlar bilan uchrashuv

85-maktabdagi o‘quvchi yoshlar bilan uchrashuv

Mamlakatimizda yoshlarning zamonaviy bilim olishlari yo‘lida islohotlar olib borilmoqda. Yangi adabiyotlar, qo‘llanmalar bilan ta’minlangan yangi va zamonaviy talablarga to‘la javob beradigan o‘quv binolarining qurilayotganligi va jihozlanayotganligi buning yorqin namunasidir. Ayniqsa, yosh avlodni yoshligidan kasbga yo‘naltirish kabi maqsadli ishlarning samarali tashkil etilayotganligi tahsinga sazovor. Toshkent shahridagi umumta’lim maktablarida ijtimoiy-ma’naviy muhitni yaxshilash, sog‘lomlashtirish va maktabda tahsil olayotgan o‘quvchilarni yoshligidan kasbga yo‘nalitirish maqsadida Toshkent shahar hokimligi tomonidan alohida reja ishlab chiqilgan bo‘lib, unda hududlarda joylashgan oliy ta’lim muassasalarini ularga biriktirish orqali ishlarni tashkil etish nazarda tutilgan.

24-29 sentyabr kunlari davomida O‘zbekiston davlat konservatoriyasi o‘quv ishlar bo‘yicha birinchi prorektor, professor, kompozitor A.Mansurov, “Xalq cholg‘ularida ijrochilik” kafedrasi mudiri, professor A.Lutfullaev hamda katta o‘qituvchisi I.Quvvatovlar Shayxontohur tumanidagi 85-sonli umumta’lim maktabida bo‘lib, u yerdagi o‘quvchi yoshlar bilan uchrashishdi. Bolalar uchun ko‘plab musiqalar, O‘zbekistonning taniqli va bolajonlarning sevimli kompozitorlaridan biri A.Mansurovni o‘quvchilar darhol tanishdi hamda ular bilan samimiy muloqotda bo‘lishdi. Muloqot chog‘ida bolajonlar musiqa borasida o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob oldilar.

Shuningdek, ushbu maktabda O‘zbekiston davlat konservatoriyasi Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor S.Azizboev, “Xalq cholg‘ularida ijrochilik” kafedrasi mudiri A.Lutfullaev, katta o‘qituvchi I.Quvvatovlar ham o‘quvchi yoshlar bilan uchrashib, ular bilan suhbat chog‘ida bolalarga musiqaning o‘ziga hos jihatlari, mohir sozanda, xonanda bo‘lish uchun  qanday fanlarni chuqur o‘rganish lozimligi to‘g‘risida ma’lumotlar hamda o‘quvchi yoshlar orasida hozirda musiqa to‘garaklariga qatnayotgan va kelajakda albatta, musiqachi bo‘lish istagidagi o‘quvchilarga o‘zlarining tavsiyalarini berib o‘tdilar.

Share

Tavsiya etilgan