Konservatoriyada saylov

Konservatoriyada saylov

Bugungi kunda malakatimizda yoshlar oid davlat siyosatini amalga oshirish, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash borasida samarali ishlar olib borilmoqda. Bu borada Mamlakatimiz Rahbari tomonidan imzolangan bir qator Qaror va Farmonlar dasturi amal bo‘lib xizmat qilmoqda. Husasan, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi faoliyatini takomillashtirish va qo‘llab-quvvatlash borasida qabul qilingan Qaror va Farmonlar shular jumlasidandir.

Joriy yilning 22 sentyabr kunlari  Respublikamizlagi ko‘plab oliy ta’lim muassasalarida bo‘lgani kabi O‘zbekiston Yoshlar ittifoqining O‘zbekiston davlat konservatoriyasidagi boshlang‘ich tashkilotining Yoshlar yetakchiligi uchun hisobot-saylovlari bo‘lib o‘tdi. Hisobot-saylov jarayonlarida konservatoriya rahbariyati, manaviyat-ma’rifat va iqtidorli yoshlar bilan ishlash bo‘limi xodimlari, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqining Shayxontohur tuman Mahalliy Kengashi mutasaddi xodimlari va faol yoshlar ishtirok etishdi. Konservatoriyaning Yoshlar yetakchisi A.Hoshimovning hisoboti tinglandi va hisobot qoniqarli deb topildi.

Shundan so‘ng, saylov jarayonlari boshlandi. Ochiq oshkoralik va shaffoflik tamoyillari asosida o‘tkazilgan saylovda konservatoriyada tahsil olayotgan talaba-yoshlar hamda yosh ishchi xodimlar faol ishtirok etishdi. Quvonarlisi, har bir nomzodning saylovoldi dasturi, ularning jamoa bilan ishlay olishlari, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega ekanliklarini baholagan konservatoriya yoshlari – o‘zlari munosib deb bilgan nomzodga ovoz berishdi. Saylov yakuniga ko‘ra saylovchilarning umumhisobda 68% ovozini to‘plagan nomzod Hoshimov Avazxon Alijon o‘g‘li O‘zbekiston Yoshlar ittifoqining konservatoriyadagi boshlang‘ich tashkiloti Yoshlar yetakchisi etib saylandi va Yoshlar yetakchisi sifatida zimmasiga yuklatilgan vazifalar ijrosini ta’minlashga kirishdi.

Share