Ozarbayjonlik musiqashunos, professor L. Guseynova O‘zbekiston davlat konservatoriyasiga tashrif buyurdi.

Ozarbayjonlik musiqashunos, professor L. Guseynova O‘zbekiston davlat konservatoriyasiga tashrif buyurdi.

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoevning tashabbusi bilan O‘zbekistonda ilk marotaba tashkil etilgan Xalqaro maqom anjumani barcha soha bilimdonlari, yosh izlanuvchilar va ijrochilar uchun ulkan tajriba va fikrlar almashinuvi maydoni bo‘lib xizmat qildi. O‘zining maqom san’atiga bag‘ishlangan maruzalari bilan ishtirok etgan Ozarbayjon Milliy konservatoriyasi ilmiy ishlari bo‘yicha prorektori, musiqashunos, professor L. Guseynova 12-sentyabr kuni O‘zbekiston davlat konservatoriyasiga tashrif buyurishdi, mehmonni O‘zbekiston davlat konservatoriyasi o‘quv ishlari bo‘yicha birinchi prorektori A. Mansurov kutib oldi hamda ularni ushbu dargohda ko‘rib turganliklaridan mamnun ekanliklarini ta’kidladi.

So‘ngra, ular O‘zbekiston davlat konservatoriyasining milliy cholg’ular eksprimintal labaratoriyasi, konservatoriyaning organ zali hamda konservatoriyada yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi. Ularga konservatoriyaning moliya-iqtisod ishlari bo‘yicha prorektori I.Tursunbaev, V.Uspenskiy nomilagi RIMSAL direktori D. Djamalova hamda professor A.Tashmatovalar hamrohlik qilishdi. Ozarbayjon Milliy konservatoriyasi ilmiy ishlari bo‘yicha prorektori L.Guseynova konservatoriyaning faoliyati bilan yaqindan tanishar ekan, bu yerda yoshlarning sifatli ta’lim olishlari va ijod qilishlari uchun barcha shart-sharoitlar mavjud ekanligi unda katta taassurot qoldirganini ta’kidladi. Shuningdek, ikki tomonlama o‘zaro hamkorlikni yanada kuchaytirish bo‘yicha fikr almashdilar.

 

Share