6-10 sentyabr kunlari Shahrisabz shaxrida Xalqaro maqom san`ati anjumani bo`lib o`tdi

6-10 sentyabr kunlari Shahrisabz shaxrida Xalqaro maqom san`ati anjumani bo`lib o`tdi

Ko‘xna Shahrisabz. Azaldan bu maskan san’at sohasining beshigi sanalgan. Amir Temur va temuriylar davridan boshlab madaniyat va san’at rivoj topgan maskan. Mohir sozanda-yu xonandalar Ko‘xna Keshda yashab ijod etgan.

Asrlar o‘tibdiki, bu maskan o‘z tarixiy ahamiyatini yo‘qotgan emas. Aksincha, avlodlar uchun doim aziz va qadrlidir.

Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan qabul qilingan «O‘zbek milliy maqom san’atini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga asosan Ko‘xna Kesh ya’ni Shahrisabz yanada gullab yashnamoqda.

6 sentyabr kuni Shahrisabz shahrining Oqsaroy maydonida  Xalqaro maqom san’ati anjumanining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Anjumanning ochilish marosimini Prezentimiz Shavkat Mirziyoyev kirish so‘zi bilan ochib berdilar.

Anjuman doirasida uchrashuv, konsert, davra suhbati, taqdimot, maqom san’ati ijrochilarining Xalqaro tanlovi hamda Xalqaro ilmiy-amaliy anjumanlar o‘tkazilmoqda.

Xalqaro maqom san’ati tanlovida Sharq mamlakatlarining maqom san’ati mavjud bo‘lgan 12 ta davlatlaridan hamda 20 ga yaqin jahon mamlakatlaridan maqom san’atining ijrochilik an’analari bilan faoliyat olib borayotgan san’atkorlar ishtirok etishi va o‘zaro bellashuvi bo‘lib o‘tmoqda.

Maqom san’atining eng go‘zal namunalarini namoyish etib, Sharq xalqlari maqomotining ijrolari bilan bellashmoqdalar.

Anjuman doirasida 7-8 sentyabr kunlari Shahrisabz tuman Hokimiyatida “Maqom san’ati va uning jahon tamaddunida tutgan o‘rni” mavzuidagi ilmiy-amaliy konferentsiya bo‘lib o‘tdi.

Konferentsiya mobaynida maqomot san’atini o‘rganish bo‘yicha yirik tadqiqotlar olib borayotgan dunyoning taniqli maqomshunos olimlari o‘zlarining ilmiy ma’ruzalari bilan qatnashadilar.

Ilmiy anjumanda xorijiy davlatlar, (Hindiston, Pokiston, Eron, Iroq, Tunis, Misr, Turkiya, Ozarbayjon, Germaniya, Vengriya, AQSh, Fransiya, Italiya, Janubiy Koreya, Tojikiston, Qozog`iston, Qirg`iziston, va boshqa davlatlar)dan hamda O‘zbekistondan 10 dan ortiq yetakchi maqomshunos olimlar, o‘z ma’ruzalari va chiqishlari bilan  ishtirok etdilar.

Ikki kun davom etgan Xalqaro maqom san’ati anjumani yuqori saviyada o‘tkazildi. Konferensiya yakunida rezolutsiya qabul qilindi va barcha ishtirokchilarga sertifikat va sovg`alar taqdim etildi. 

Share