O‘zbekiston davlat konservatoriyasida kasbiy (ijodiy) imtixonlar boshlandi.

O‘zbekiston davlat konservatoriyasida kasbiy (ijodiy) imtixonlar boshlandi.

Bugun 25 iyul kuni O‘zbekiston davlat konservatoriyasida kasbiy (ijodiy) imtixonlar boshlandi. 9:00 da abiturientlar to‘planguna qadar, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 23 iyuldagi 646-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan raislar va komissiya a’zolari bilan O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri O‘zbekiston davlat konservatoriyasi rektori B.Sayfullaev yeg‘ilish o‘tkazib, har bir komissiya raisi va a’zolariga yuklatilgan mas’uliyatli vazifa yani kasbiy (ijodiy) imtixonlarni halol shaffof adolatli o‘tkazish hamda bugungi kunda Respublikamizda yosh iqtidorli yoshlarni tarbiyalash eng oliy maqsadimiz ekanligini yana bir bor tushuntirib o‘tdi . Undan tashqari kasbiy (ijodiy) imtixonlar tarkibiga Respublikamizga taniqli bo‘lgan xalq artisti Zamira Suyunova, Nabi Ibroximov, Avaz Rajabov, Muyassar Razzakovalar jalb etilgan.Konservatoriyada kasbiy (ijodiy) imtixonlar 25 iyul sanasidan 3 avgustga qadar davom etib, barcha imtixonlar jonli efirda video kameralari orqali abiturientlar ularning ota-onalari hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga to‘g‘ridan to‘g‘ri namoyish etilmoqda. Bugungi kunda Xukumatimiz tomonidan yaratilayotgan shart-sharoitlar barcha abiturientlarga hamda ularning ota-onalariga kasbiy (ijodiy) imtixonlar shaffof va adolatli o‘tkazilishida xizmat qiladi.

FOTO VA VIDEO LAVHALAR:

Share