O`zbekiston davlat konsertvatoriyasida magistratura bitiruvchilariga diplom topshirish marosimi bo’lib o’tdi

O`zbekiston davlat konsertvatoriyasida magistratura bitiruvchilariga diplom topshirish marosimi bo’lib o’tdi

O‘zbekiston davlat konservatoriyasining muhtasham Organ zalida magistratura bosqichi bitiruvchilariga diplom topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tantanali marosimni Yoshlar bilan ishlash prorektori S.Azizboev ochib, barcha bitiruvchilarni ushbu quvonchli kun bilan tabrikladi va ularning kelgusidagi kasbiy faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar tiladi.

Tadbirda magistrantlarning ota-onalari ham ishtirok etib, yoshlarga Vatanimiz ravnaqi yo‘lida hormay-tolmay mehnat qilishlari uchun oq yo‘l tilashdi. Shundan so‘ng bitiruvchilarga diplomlar tantanali tarzda topshirildi.

Joriy 2017-2018 o‘quv yilida O‘zbekiston davlat konservatoriyasi magistratura bosqichini 21 nafar talaba 9 mutaxassislik bo‘yicha tamomladi. Bitiruvchilar orasida O‘zbekiston davlat konservatoriyasida o‘qituvchi, kontsertmeyster sifatida ishda qolayotganlari bor, shuningdek, istiqbolda ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan bitiruvchilar talaygina. Biz barcha bitiruvchilarga omad tilaymiz hamda kelgusida mamlakatimiz musiqa san’atini yanada rivojlantirishda ularga muvaffaqiyatlar tilab qolamiz.

Share