O‘zbekiston davlat konservatoriyasidagi qabul va ijodiy imtihonlar Madaniyat vazirining nazoratida

O‘zbekiston davlat konservatoriyasidagi qabul va ijodiy imtihonlar Madaniyat vazirining nazoratida

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri – O‘zbekiston davlat konservatoriyasi rektori, professor B.Sayfullaev bugun konservatoriyaga hujjat topshirayotgan abiturientlar bilan shaxsan suhbatlashib, mavjud muammolar, kelgusidagi rejalar va ular tomonidan bildirilgan fikr va mulohazalar bilan yaqindan tanishdi. Har bir sohada yetuk mutaxassis bo‘lmoqlik uchun albatta, bilim va ko‘nikmalar muhim ahamiyatga ega ekanligini aytib, ularga  omad tiladi.

Shuningdek, B. Sayfullaev qabul jarayoniga bevosita jalb etilganlar  va Yoshlar ittifoqi faollari bilan suhbatlashib, qabul jarayonini samarali va muvaffaqiyatli o‘tkazilishi lozimligini yana bir bor ta’kidlab, bu yilgi imtihonlar shaffof va chin ma’noda adolatli o‘tishi, imtihonlardagi har bir jarayon kuzatuv kameralari orqali nazoratda bo‘lishini, qabul jarayonida ishtirok etayotganlar va komissiya a’zolariga hech qanday korruptsion harakatlarga yo‘l qo‘ymasliklarini, Endilikda madaniyat tizimining har bir bo‘g‘inida bu borada nazorat kuchaytirilishini ta’kidladi.

Share