Birinchi martta O‘zbekistonda Yapon musiqa Madaniyatida asrlar davomida shakllangan “Rokyoku” musiqiy janriga tegishli asar jonli ijro etildi

Birinchi martta O‘zbekistonda Yapon musiqa Madaniyatida asrlar davomida shakllangan “Rokyoku” musiqiy janriga tegishli asar jonli ijro etildi

O‘zbekiston davlat konservatoriyasining Organ zalida 7-iyul  kuni yana bir musiqiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Bu tadbirni O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi O‘zbekiston davlat konservatoriyasi hamda Yaponiyaning O‘zbekistondagi  Elchixonasi birgalikda tashkil etishdi. Birinchi martta O‘zbekistonda Yapon musiqa Madaniyatida asrlar davomida shakllangan “Rokyoku” musiqiy janriga tegishli asar jonli ijro etildi. Yapon An’anaviy janrlarning ijrosi o‘zbek milliy qadryatlaridan o‘rin tutgan “Alpomish”, “Go‘r o‘g‘li”, “Avazxon” va boshqa ko‘plab dostonlarning  shakli shamoyiliga  va uning  mazmun mohiyati bo‘yicha 2 xalqning azaliy qadriyatlarini, ularning uzviy bog‘liqligini o‘zida namoyon etdi. Moxir Yapon ijrochisi  Nanafuku Tamagava kontsertga tashrif buyurgan muxlislar oldida o‘zining yuksak ijrochilik maxoratini namoyish etdi. Ko‘p yillik tarixga ega bo‘lgan 2 xalqning bunday uchrashuvlari do‘stlik rishtalarini yanada mustaxkam  bog‘lanishiga xizmat qiladi. So‘zga chiqqan Yaponiyaning Muxtor e’lchisi Nouboki Ito hamda O‘zbekiston davlat konservatoriyasi birinchi prorektori professor A.Mansurov bunday tadbirlar o‘zbek yapon xalqlarining yanada madaniy yaqinlashuviga xizmat qiladi deb e’tirof etdilar.

FOTO LAVHALAR:

Share