O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri-O‘zbekiston davlat konservatoriyasi rektori oliygohdagi qabul jarayonini ko‘zdan kechirdi

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri-O‘zbekiston davlat konservatoriyasi rektori oliygohdagi qabul jarayonini ko‘zdan kechirdi

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri – O‘zbekiston davlat konservatoriyasi rektori B.Sayfullaev O‘zbekistondavlat konservatoriyasida abiturientlardan hujjatlarni qabul qilish jarayonini kuzatib, o‘rganib chiqdi.

Konservatoriyada o‘qish istagini bildirayotgan yoshlar bilan suhbat o‘tkazdi. San’at va madaniyat sohasida yetuk mutaxassisbo‘lish uchun konservatoriya ta’lim tizimining o‘ziga hos nozik tomonlarini abiturientlarga tushuntirib o‘tdi.

Shu bilan birga oliygohda olib borilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlarini ko‘zdan kechirdi, tegishli qurilish rahbarlariga ta’mirlash ishlari bo‘yicha zarur bo‘lgan o‘z maslaxatlarini berib, amalga oshirilayotgan qurilish ishlari 2018-2019 o‘quv yiliga tayyor holatida bo‘lishi to‘g‘risida eslatib o‘tdi.

 

Share