“BUYUK KELAJAK” xalqaro nodavlat notijorat tashkiloti muassisligida Xalqaro forum o‘tkazildi

“BUYUK KELAJAK” xalqaro nodavlat notijorat tashkiloti muassisligida Xalqaro forum o‘tkazildi

28 iyun kuni INXA universitetida “2035 yilgacha O‘zbekistonning rivojlanish strategiyasi”ga qaratilgan “BUYUK KELAJAK” xalqaro nodavlat notijorat tashkiloti muassisligida xalqaro forumi bolib o‘tdi.

Forumga jahonning 20 dan ortiq mamlakatlaridan 50 dan ortiq mutaxassis-yurtdoshlarimiz tashrif buyurishdi. Tantanali ochilish marosimida Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari A.A.Abduvaxitov, “Buyuk Kelajak” XNNT ta’sischilari umumiy yig‘ilishi raisi Alisher Baxadirovich Kalanov, “JPMORGAN CHASE INTERNATIONAL” kompaniyasi direktorlar kengashi raisi Aaron Djeykob Frenkellar yalpi majlisda so‘zga chiqichdi.

“Buyuk Kelajak” XNNTning “O‘zbekiston 2035” Xalqaro forumi jamiyatning turli sohalaridagi ekspertlar, mutaxassislar va professionallar, yirik xorijiy kompaniyalar, davlat organlari, jamoat va xalqaro tashkilotlar, media vakillari O‘zbekiston Respublikasini 2035 yilgacha uzoq muddatli rivojlantirish strategiyasining yo‘nalishi, maqsadi va vazifalari tushlikdan so‘ng bo‘lib o‘tgan beshta sho‘balar kesimida muhokama etildi.

O‘zDK Ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi boshlig‘i B.Ashurov mazkur forumda beshinchi sho‘bada ishtirok etdi. Sho‘ba “Ilm-fan, turizm, madaniyat, ta’lim rivoji” deb nomlangan bo‘lib, uni Singapurlik vatandoshimiz Xasan Redjaboyev olib bordi. 1-ma’ruzachi Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov ta’limdagi islohotlar bo‘yicha, Botir Kobilov (Garvard biznes maktabi ilmiy tadqiqotchisi) Oliy ta’lim muassasalari faoliyati xususida, Bexzod Xoshimov (Viskonsiya universiteti) ta’lim muassasalari reytingi bo‘yicha, Gayane Umerova muzeylar faoliyatini mahorat bilan, yangi ma’lumotlar bilan ma’ruza qilishdi.

Xalqaro forum qiziqarli va bahs-munozarali o‘tdi.

Share