Konservatoriyani bitirayotgan talaba-yoshlar Davlat Attestatsiya komissiyasiga to‘rt yil davomida qanday bilimlarga ega bo‘lganliklarini ijro mahorati orqali namoyish etishmoqdalar.

Konservatoriyani bitirayotgan talaba-yoshlar Davlat Attestatsiya komissiyasiga to‘rt yil davomida qanday bilimlarga ega bo‘lganliklarini ijro mahorati orqali namoyish etishmoqdalar.

Barcha Oliy ta’lim muassasalaridagi kabi O‘zbekiston davlat konservatoriyasida ham o‘quv yili o‘z nihoyasiga yetib bormoqda. Ayni dam bakalavr va magistratura bosqichida tahsil olgan bitiruvchilar Davlat imtihonlarida ijro dasturining taqdimoti bilan band.

Bugun konservatoriyaning “An’nanviy cholg‘u ijrochiligi” yo‘nalishi bakalavr bosqichini bitirayotgan talaba sozandalar O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist A. Dadaev raisligidagi O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist M. Ziyaeva, dotsent I. Toshpo‘latova hamdaprofessor A. Umarovlardan tarkib topgan Davlat Attestatsiya komissiyasiga to‘rt yil davomida qanday bilimlarga ega bo‘lganliklarini ijro mahorati orqali namoyish etishmoqda. Quvonarlisi, ushbu jarayonni O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri – O‘zbekiston davlat konservatoriyasi rektori B. Sayfullaev bevosita kuzatib, ularning ijro dasturlari bilan yaqindan tanishdi. Ayniqsa, bitiruvchilar O.Ortiqovning dutor, U.Pardaev g‘ijjak sozida ijro etgan kuylari katta taa’surot qoldirdi hamda bitiruvchilarning ijro mahoratidan mamnun holda ularga yangi zafarlar va hayotda ulkan yutuqlarga erishishlari, madaniyatimiz rivojiga ulkan hissa qo‘shishlariga ishonishini aytib ularni tabrikladi.

So‘ngra, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri – O‘zbekiston davlat konservatoriyasi rektori B. Sayfullaev konservatoriyaning “Xor dirijyorligi” yo‘nalishi magistrlarinig Davlat Attestatsiya komissiyasiga topshirayotgan ijro dasturini tinglab, ularning kelugisi ijodiy faoliyatlariga omadlar tiladi.

Bugun konservatoriyani bitirayotgan talaba-yoshlar yillar davomida konservatoriyada olgan bilimlari asosida endilikda yosh mutaxasis sifatida madaniyatimiz rivojiga o‘z hissalarini qo‘shish maqsadida katta hayotga qadam qo‘ymoqdalar. Biz ularga yangi ijodiy zafarlar va muvofaqqiyatlar tilaymiz.  

Share

Tavsiya etilgan