Akademik innovatsiyalar fondiga loyihalar tayyorlash bo‘yicha O‘zDKda seminar trening bo‘lib o‘tdi

Akademik innovatsiyalar fondiga loyihalar tayyorlash bo‘yicha O‘zDKda seminar trening bo‘lib o‘tdi

2018-yil 4-iyun kuni O‘zDK “Ma’naviyat va ma’rifat xonasi”da yetakchi professor-o‘qituvchilari, doktorantlar, yosh tadqiqotchilar ishtirokida seminar trening o‘tkazildi. Uni O‘quv ishlari bo‘yicha birinchi prorektor Avaz  Maqsudovich Mansurov hamda Ilmiq pedagogic kadrlar tayyorlash bo‘limi boshlig‘I Baxtiyor Shokirovich Ashurovlar olib bordi.

Loyihalar tayyorlashda qanday jihatlarga e’tibor qaratish lozimligi xususida ko‘rgazmali slayd namoyish etildi va loyihaning mazmun mohiyati ochib berildi. Loyiha uchun 24 oygacha muddatda jahon banki tomonidan tegishli mablag‘ ajratilishi aytildi. Oliy ta’lim muassasasi uchun ta’lim jarayonida yangilik yaratish, rivojlantirishga qaratilgan. Loyiha o‘quv jarayoni sifatini oshirish va yaxshilashga qaratilgan bo‘lmog‘i lozim aytib o‘tildi.

Seminar so‘ngida konservatoriya professor-o‘qituvchilar, doktorantlar, yosh tadqiqotchilar tomonidan ularni qiziq tirgan savollariga javob berildi.

Share