Malaka oshirish va qayta tayyorlash fakultet tinglovchilariga Sertifikat berish taqtimoti

Malaka oshirish va qayta tayyorlash fakultet tinglovchilariga Sertifikat berish taqtimoti

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yilga O‘zbekiston davlat konservatoriyasida O‘rta maxsus ta’lim tizimi pedagog kadrlarining malaka oshirish kurslari rejasiga ko‘ra O‘zbekiston davlat konservatoriyasida may oyida “Torli cholg‘ular ijrochisi”, “Puflama va zarbli cholg‘ular ijrochisi”, “Havaskorlik xor jamoasi dirijyori” va “Musiqa xodimi” kasb yo‘nalishlari bo‘yicha tinglovchilar malaka oshirish kurslarini tamomladilar.

Chiqish testlarini muvaffaqiyatli topshirgan hamda Malaka ishini himoya qilgan tinglovchilarga sertifikatlar taqdim etish tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda O‘zbekiston davlat konservatoriyasi o‘quv ishlari bo‘yicha birinchi prorektori Avaz Mansurov, O‘zbekiston davlat konservatoriyasi Malaka oshirish va qayta tayyorlash fakulteti dekani Dildora Saipova, O‘zbekiston davlat konservatoriyasi Malaka oshirish va qayta tayyorlash fakulteti uslubchisi Zarina Qodirova va ish yurituvchisi Sanobar Xodjraximovalar ishtirok etdilar.

FOTO LAVHALAR:

Share