“Odam savdosi – mudhish jinoyatdir”

“Odam savdosi – mudhish jinoyatdir”

O‘zbekiston davlat konservatoriyasida “Yoshlarning ta’lim olish, kasb egallashi hamda mehnat qilish bilan bog‘liq ijtimoiy munosabatlarning huquqiy asoslari” mavzusida huquqiy savodxonlik oyligi doirasida “Odam savdosi – mudhish jinoyatdir” mavzusida  Toshkent shahar Shayxontohur tumani Adliya bo‘limi katta maslahatchisi S.M.Rahmonov bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda O‘zbekiston davlat konservatoriyasining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori S.Azizboyev, ma’naviyat-ma’rifat va iqtidorli bolalar bilan ishlash bo‘limi uslubchisi F.Qurbonova, fakultetlarning ma’naviy ishlar bo‘yicha dekan o’rinbosarlari A.Axmedov, Q.Xabibullayev, A.Axmedov va 85 nafar talabalar ishtirok etishdi.

Talaba yoshlarga “Odam savdosi – mudhish jinoyat” ekanligi, ularni shunday illatlar qurboni bo‘lmaslik va uning salbiy oqibatlari haqida ma’lumotlar berildi.

Tadbir davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga  mutaxassis tomonidan javob olishdi.

FOTO LAVHALAR:

Share