ERASMUS+ milliy ofisi hamkorligida konservatoriya professor-o‘qituvchilari, doktorantlari, yosh olimlar uchun xalqaro loyihalar dasturi xususida seminar trening o‘tkazildi

ERASMUS+ milliy ofisi hamkorligida konservatoriya professor-o‘qituvchilari, doktorantlari, yosh olimlar uchun xalqaro loyihalar dasturi xususida seminar trening o‘tkazildi

2018 yil 18 may O‘zbekiston davlat konservatoriyasining konferensiyalar zalida ERASMUS+ xalqaro grantlar dasturi to‘g‘risida mutaxassislar tomonidan seminar trening tashkil etildi. Mutaxassislar tomonidan Oliy ta’lim tizimida bu garnt loyihasini qanday amalga oshirish mumkinligi to‘g‘risida atroflicha ma’lumotlar berib o‘tildi.

Avvalo mazkur xalqaro grant dasturi xususida umumiy tushunchani ERASMUS+ ning O‘zbekistondagi milliy ofisi eksperti Baxadirov Qudratxon G‘ayratovich o‘z ma’ruzasida berib o‘tdi. Ushbu dasturning asosiy maqsadi Oliy ta’lim tizimini Xalqaro standartlarga mos holda rivojlantirish va xorijiy davlatlar ta’lim tizimi bilan o‘zaro hamkorlikni amalga oshirishga qaratilganligi aytib o‘tildi. Dasturda ikki yo‘nalish mavjud bo‘lib, birinchisi dasturiy davlatlar (33 ta yevropa mamlakatlarini o‘z ichiga oladi); ikkinchisi hamkor davlatlar (27 ta Markaziy Osiyo va Yaqin Sharq davlatlarini o‘z ichiga oladi, O‘zbekiston ham shular qatoriga kiritilgan). Dasturga loyihalar har yili oktyabr oyida tanlov asosida qabul qilinadi. Dastur 3 yo‘nalish bo‘yicha amalga oshiriladi: 1. Oliy ta’lim tizimini rivojlantirishga qaratilgan – CBHD; 2. Yosh olim va o‘qituvchilarning tajriba almashishi va ilmiy salohiyatini yuksaltirishga qaratilgan – JM; 3. Oliy ta’limdan keyingi ilmga yo‘naltirilgan –  MSCA.

ERASMUS+ning milliy ofisi menejeri Karlibaeva Gulshoda Xodjabaevna ham so‘zga chiqib, loyiha doirasida kredit mobilligi xususida ma’lumotlar berib o‘tdi. Seminar treningda qatnashgan konservatoriya professor-o‘qituvchilari va yosh ilmiy tadqiqotchilar hamda doktorantlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar.

FOTO LAVHALAR Ergash Karimovniki:

Share