“Donishmand hofiz” nomli O‘zbekiston xalq hofizi Faxriddin Umarov tavvaludining 90 yilligiga bag‘ishlangan kitob taqdimoti

“Donishmand hofiz” nomli O‘zbekiston xalq hofizi Faxriddin Umarov tavvaludining 90 yilligiga bag‘ishlangan kitob taqdimoti

O‘zbekiston davlat konservatoriyasi professor-o‘qituvchilari va talabalari uchun organ zalida tarix fanlari doktori, professor, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan xalq ta’limi xodimi, Turon Fanlar Akademiyasi akademigi, xushovoz lirik xonanda Hojiakbar Hamidovning “Donishmand hofiz” nomli O‘zbekiston xalq hofizi Faxriddin Umarov tavvaludining 90 yilligiga bag‘ishlangan kitobining taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Ushbu kitob adabiyotshunos olim Hamidjon Tohirjonov bilan hamkorlikda yaratilgan. Taqdimotda O‘zbekiston xalq hofizi Faxriddin Umarovni xotirlab, uning hayoti va ijod yo‘li, ustoz yaratgan yo‘nalish hamda maktab haqida to‘xtalib o‘tildi. Tadbir davomida qatnashchilar O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Hojiakbar Hamidovning ijod namunalaridan tinglab bahra oldilar.

FOTO LAVHALAR:

Share