O‘zbekiston Davlat Konservatoriyasi «O‘zbek va xorijiy tillar» kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan ulug‘ adib Chingiz Aytmatov tavalludining 90 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbir

O‘zbekiston Davlat Konservatoriyasi "O‘zbek va xorijiy tillar" kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan ulug‘ adib Chingiz Aytmatov tavalludining 90 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbir

Tadbirda filologiya fanlari doktori, professor, adabiyotshunos olim, bir qator asarlar  va qissalar muallifi, yozuvchi, shoir Ulug‘bek Xamdam o‘z chiqishida atoqli qirg‘iz yozuvchisi Chingiz Aytmatovning ijodiga batafsil to‘xtalib o‘tdi. Xususan uning o‘zbek ijodkorlari bilan doimiy hamkorlikda bo‘lganligi, uning nafaqat qirg‘iz adabiyoti, balki jahon adabiyotida munosib o‘rin egallaganligi, butun dunyo kitobxonlari bugungi kunga qadar uning asarlarini sevib mutolaa qilishini ta’kidlab o‘tdi. Tadbir so‘nggida Ulug‘bek Xamdam o‘z she’rlaridan namunalar o‘qidi.

Kecha barcha ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.

 

Filologiya fanlari doktori, professor Ulug‘bek Xamdamovning chiqishi

 

 

Share