Esda qolguvchi uchrashuv

Esda qolguvchi uchrashuv

Esda qolguvchi uchrashuv

(falsafa fanlari doktori, prof. J.Shermuxamedovaning talabalar bilan uchrashuvi)

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosarining 2018 yil 6 martdagi 10-11-07-son xati ijrosi yuzasidan O‘zbekiston davlat konservatoriyasi kichik zalida “Oilada farzand tug‘ilishi munosabati bilan o‘tkaziladigan to‘ylardagi dabdababozliklarning oldini olish” mavzuida falsafa fanlari doktori, professor Jamila Shermuxamedova bilan uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuvda O‘zDK Xotin-qizlar qo‘mitasi boshlang‘ich tashkiloti raisi pedagogika fanlari nomzodi dotsent S. Hamdamova, fakultetlar xotin-qizlar qo‘mitasi raisalari psixologiya fanlari nomzodi dots, faxriy akademik G.Qurbonova va katta o‘qituvchi M.Abrorovalar qatnashdilar. Uchrashuv qizg‘in interaktiv tarzda o‘tkazilib, talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar. Tashrif buyurgan talabalar, bu kabi uchrashuvlarni muntazam ravishda tashkil etilishi borasidagi istaklarini va fikr mulohazalarini bildirdilar.

Share