“Iste’dod” II xalqaro tanlovi yakunlandi

“Iste'dod” II xalqaro tanlovi yakunlandi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 17 yanvardagi 01-07/1-777-sonli bayoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirining joriy yil 23 yanvardagi 29-sonli buyrug‘iga asosan 2018 yilning 23-29 aprel kunlari O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan O‘zbekiston davlat konservatoriyasida “Iste’dod” II xalqaro tanlovi bo‘lib o‘tdi.

Xalqaro tanlovda 423 nafar ishtirokchilar, shundan 92 nafari xorijliklar (Afg‘oniston 3 nafar, Tojikiston 13 nafar, Qozog‘iston 40 nafar, Qirg‘iziston 11 nafar, Ozarbayjon 7 nafar, Rossiya 2 nafar, Belorussiya 2 nafar, Turkiya 2 nafar, Koreya 1 nafar, Xitoy 1 nafar, Eron 8 nafar, Germaniya 1 nafar, Misr 1 nafar).

Xalqaro tanlov ishtirokchilarini baholab borish uchun dunyoning yetakchi sozanda va xonandalari jalb qilindi. Xalqaro tanlovning birinchi bosqichida ishtirok etib yuqori natijaga erishgan 50% yoshlarga tanlovning ikkinchi bosqichida ishtirok etishlari uchun yo‘llanma berildi.

Joriy yilning 26 aprel kuni xorijlik mehmonlar uchun Samarqand shahriga sayohat uyushtirildi.

Joriy yilning 28 aprel kuni Xalqaro tanlov doirasida Madaniyat vazirligining majlislar zalida press-konfirensiya o‘tkazildi. Konfirensiyada xalqaro tanlovning xakamlar xay’ati, Tashkiliy qo‘mita, musiqashunos olimlar va ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etishdi.

29 aprel kuni O‘zbekiston davlat konservatoriyasining katta zalida xalqaro tanlov g‘oliblari ishtirokida gala-konsert va taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Bunda, ikki guruh (katta va kichik) bo‘yicha ishtirokchilardan 20 nafari I darajali, 29 nafari

II darajali, 48 nafari III darajali diplom va pul mukofotlari bilan taqdirlandi.

Xorijdan tashrif buyurgan ishtirokchilardan 21 nafari shundan; 11-nafari

III darajali, 7-nafari II darajali, 4-nafari I darajali diplom va pul mukofoti bilan taqdirlandi.

Shuningdek, maqom yo‘nalishi bo‘yicha ishtirok etgan o‘quvchilarga bugungi kunda O‘zbek maqom san’atini rivojlantirish bo‘yicha olib borilayotgan keng ko‘lamdagi ishlarni inobatga olib, xakamlar xay’ati a’zolari tomonidan qo‘shimcha o‘rinlar belgilandi.

Xorijdan tashrif buyurgan ishtirokchilar tomonidan “Iste’dod” xalqaro tanlovida kelgusida xam ishtirok etib yuqori natijalarni egallash uchun oldinda katta maqsadlarni belgilab olganliklari aytib o‘tildi.

FOTO LAVHALAR:

Share