“An’anaviy cholg‘ular ijrochisi” va “Fortepiano ijrochisi” kasb yo‘nalishlari bo‘yicha tinglovchilar malaka oshirish kurslarini tamomladilar

“An'anaviy cholg‘ular ijrochisi” va “Fortepiano ijrochisi” kasb yo‘nalishlari bo‘yicha tinglovchilar malaka oshirish kurslarini tamomladilar

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yilga O‘zbekiston davlat konservatoriyasida O‘rta maxsus ta’lim tizimi pedagog kadrlarining malaka oshirish kurslari rejasiga ko‘ra O‘zbekiston davlat konservatoriyasida fevral oyida “An’anaviy cholg‘ular ijrochisi” va “Fortepiano ijrochisi” kasb yo‘nalishlari bo‘yicha tinglovchilar malaka oshirish kurslarini tamomladilar.

Chiqish testlarini muvaffaqiyatli topshirgan hamda Malaka ishini himoya qilgan tinglovchilarga sertifikatlar taqdim yetish tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda O‘zbekiston davlat konservatoriyasi o‘quv ishlari bo‘yicha birinchi prorektori Avaz Mansurov, Ilmiy-ijodiy ishlar bo‘yicha prorketori Sayyora Gafurova, O‘zbekiston davlat konservatoriyasi Malaka oshirish va qayta tayyorlash fakulteti dekani Dildora Saipova, O‘zbekiston davlat konservatoriyasi Malaka oshirish va qayta tayyorlash fakulteti uslubchisi Zarina Qodirova va ish yurituvchisi Sanobar Xodjraximovalar ishtirok etdilar.

FOTO LAVHALAR:

 

 

Share