Tafakkur sinovlari

Tafakkur sinovlari

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi PF-5106 sonli Farmoni hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi tomonidan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tizimida 2018 yilda Yoshlar oid davlat siyosatini amalga oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar dasturi”da belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida “Tafakkur sinovlari” Respublika tanlovining hududiy bosqichi joriy yilning 21-aprel kuni Toshkent Pediatriya Tibbiyot institutida bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, O‘bekiston Yoshlar Ittifoqi Markaziy Kengashi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi, Fuqarolik institutini shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti hamkorligida Oliy taxlim muassalaridagi talabalari o‘rtasida “Tafakkur sinovlari” Respublika ko‘rik-tanlovining hududiy bosqichida O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti, Toshkent islom akademiyasi, O‘zbekiston davlat konservatoriyasining va Toshkent davlat milliy raqs va xoreografiya oliy maktabining jamoalari ishtirok etdi. Nizomga muvofiq jamoalar 4-shart bo‘yicha bellashdilar va o‘z bilim, mahoratlarini namoyish etishdi.

Tanlovning hududiy bosqichi yakuniy natijalariga ko‘ra 1-o‘rinni O‘zbekiston davlat konservatoriyasining “Femida” jamoasi, 2-o‘rinni Toshkent islom akademiyasi jamoasi, 3-o‘rinni O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti jamoasi va Toshkent davlat milliy raqs va xoreografiya oliy maktabini jamoasi fahriy yorliq bilan taqdirlandi. O‘zbekiston davlat konservatoriyasining “Femida” jamoasi keyingi bosqich yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

FOTO LAVHALAR:

 

Share