“Goboy va ingliz burg‘usi uchun maxsus asarlar” ma’vzularida kontsert-ma’ruza va “Ustoz saboqlari” mashg‘ulotlari o‘tkazildi

“Goboy va ingliz burg‘usi uchun maxsus asarlar” ma’vzularida kontsert-ma’ruza va “Ustoz saboqlari” mashg‘ulotlari o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 8 avgustdagi PQ-3178-sonli qarori 1-ilovasining 15-bandida ko‘rsatilgan topshiriqlariga binoan O‘zbekiston davlat konservatoriya rahbariyati tomonidan tashkil etilgan “ Chora-tadbirlar rejasi”ga asosan:

O‘sib kelayotgan yosh avlodni umuminsoniy qadriyatlariga hurmat ruhida tarbiyalash, o‘quvchilarning ijodiy salohiyatini yanada kengaytirish, o‘quvchi yoshlar orasida ustoz saboqlarini o‘tkazish, musiqa san’ati sohasidagi ijodkorlarni aniqlash, tanlash va yangi iste’dodlarni topish va hamda ijodiga ijobiy ta’sir etish, shuningdek, O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlarining yangi asarlarini ijodiy faoliyatini targ‘ibot va tashviqot qilish orqali yoshlar o‘rtasida damli sozlar, ayniqsa goboy soziga bo‘lgan qiziqishlarini yanada ortishi maqsadida, joriy yilning 23-24 aprel kunlari Namangan viloyati Mingbuloq tumani №2 sonli  Bolalar Musiqa va san’at maktabi hamda Namangan san’at kollejida O‘zbekiston davlat konservatoriyasining “Orkestr cholg‘ulari” kafedrasi professori R.M.Nigmatov boshchiligida shogirdlari, Xalqaro va Respublika ko‘rik tanlovlari g‘oliblari:  Sodiqjon Sobirov, Adham Qo‘chkorov, Abbosxon Akbarovlar ishtirokida “Goboy O‘zbekiston kompozitorlari ijodiyotida” va  “Goboy va ingliz burg‘usi uchun maxsus asarlar” ma’vzularida kontsert-ma’ruza va “Ustoz saboqlari” mashg‘ulotlari o‘tkazildi.

 

 

Share