“ISTE’DOD” nomli II-xalqaro tanlovi

“ISTE’DOD” nomli II-xalqaro tanlovi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 17 yanvardagi 01-07/1-777-sonli bayoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining joriy yil 23 yanvardagi 29-sonli buyrug‘iga binoan 23 aprel soat 10:00 da O‘zbekiston davlatkonservatoriyasining Katta zalida “ISTE’DOD” nomli II-xalqaro tanlovining ochilishi bo‘lib o‘tdi.Tanlovni o‘tkazishdan maqsad shuki:

O‘quvchi yoshlarning iste’dodi va ijodiy qobiliyatini namoyon etish;

o‘quvchilarda o‘zlari tanlagan ixtisosliklarni chuqur o‘rganishga qiziqishni oshirish;

yosh ijrochilarning iste’dodi va ijodiy qobiliyati bo‘yicha ijrochilik ko‘nikmalarini yanada rivojlantirish;

o‘zbek va boshqa xalqlar kuylaridan bahramand bo‘lishlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratish;

o‘zbek musiqa madaniyatini yuksak darajaga ko‘tarish, milliy san’atimizni dunyo sahnalariga olib chiqish, iqtidorli yoshlarni kashf etish va ular ijodini targ‘ib etishdan iborat.

Shuningdek tanlov 2018 yil 23-29 aprel O‘zbekiston davlat konservatoriyasining Katta, Kichik va Organ zallari, V.Uspenskiy nomidagi respublika ixtisoslashtirilgan musiqa akademik litseyining 2ta zali, R.Glier nomidagi respublika ixtisoslashtirilgan musiqa akademik litseyining 3ta zali hamda O‘zbekiston davlat konservatoriyasi huzuridagi iqtidorli bolalar akademik litseyining katta zalida bo‘lib o‘tadi.

Tanlovda ishtirokchilar belgilangan nizomga asosan ikki guruhda (birinchi 12-15 yosh ikkinchi 16-19 yosh) 6 ta yo‘nalish bo‘yicha ishtirok etishlari belgilab qo‘yilgan.

Mazkur tanlovda O‘zbekiston Respublikasidagi bolalar musiqa va san’at maktablari, musiqa, san’at va madaniyat yo‘nalishidagi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari hamda xorijiy mamlakatlar ta’lim muassasalarining o‘quvchilari shuning bilan birgalikda 500 nafardan ortiq ishtirokchilar, shundan 92 nafari xorijliklar (Afg‘oniston 3 nafar, Tojikiston 13 nafar, Qozog‘iston 40 nafar, Qirg‘iziston 11 nafar, Ozarbayjon 7 nafar, Rossiya 2 nafar, Belorussiya 2 nafar, Turkiya 2 nafar, Koreya 1 nafar, Xitoy 1 nafar, Eron 8 nafar, Germaniya 1 nafar, Misr 1 nafar) ishtirok etishmoqda.

Tanlovning17 nafar ishchi  tarkibi vaHakamlar hay’ati tarkibi  esa30 nafar (shundan 18 nafari xorijiy qolgan 12 nafari O‘zbekiston davlat konservatoriyasi professor o‘qituvchilari) dan iborat.Tanlov natijasitanlovning yo‘nalishlar bo‘yicha g‘oliblari ijro mahoratiga ko‘ra aniqlanadi.

Tanlovning  1,2,3, o‘rin g‘oliblari1 yilgacha bolalar musiqa va san’at maktablaridagi badal to‘lovlaridan ozod qilinadi. Shuningdek, kollej va litsey o‘quvchilari oliy ta’lim muassasalariga imtiyozli qabul qilinadi. Shuningdek, pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

Tanlovning yopilish marosimi  2018 yil 29 aprel (soat: 1200) O‘zbekiston davlat konservatoriyasining Katta zalida bo‘lib o‘tadi.  Xorijiy ishtirokchilarning yotoq joyiToshkent shahridagi “Rohat” mehmonxonasida va ularning ovqatlanish joyi esa O‘zbekiston davlat konservatoriyasining oshxonasida  bo‘lib o‘tmoqda. Bugungi kunda 1-bosqich ishtirokchilarni tinglash davom etmoqda.

FOTO LAVHALAR:

 

Share