Kiev shahrida «AMBASSADOR’S SPOUSES CLUB KIEV»ning navbatdagi taqdimotida ishtirok etish

Kiev shahrida "AMBASSADOR'S SPOUSES CLUB KIEV"ning navbatdagi taqdimotida ishtirok etish

17-19- aprel Ukrainaning Kiev shahrida bo‘lib o‘tgan davlatlararo va xalqaro madaniy aloqalarni mustaxkamlash va mamlakatimizning madaniy merosini chet ellarda keng targ‘ib qilish yo‘lida olib borilayotgan amaliy faoliyatiga, jumladan Kiev shahrida «AMBASSADOR’S SPOUSES CLUB KIEV»ning navbatdagi taqdimotida ishtirok etish uchun O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vazirligi tashabbusi va moddiy ko‘magi bilan O‘zbekiston davlat konservatoriyasi qoshidagi talabalardan tashkil topgan Ro’za Xodjayeva raxbarligidagi «Istiqlolim qizlari» dutorchilar ansambli ishtirok etib kelishdi. Tadbir 18 aprel kuni O‘zbekiston respkblikasining Ukrainadagi elchixona binosida bo‘lib o‘tdi. Bu tadbirda 37 ta davlatdan elchilarning ayollari ishtirok etishdi. Dutorchi qizlar ijrosidagi «Dutor lazgisi»,»Chertmak»,»Ey nozli yorim» kabi asarlar tomoshobinlarni qalblarini zabt etib, olqishlarga sazovor bo‘ldi. Shu bilan birga O‘zbekiston xalq artisti Munojot Yo‘lchiyeva ijrosidagi qo‘shiqlar ham yangradi. Konsert bir soatdan ziyod davom etdi. O‘zbekiston Respublikasining Ukrainadagi Favqulotda va Muxtor elchisi Alisher Abdualiyev O‘zbekiston davlat konservatoriyasi Roza Xodjayeva raxbarligidagi «Istiqlolim qizlari» dutorchilar ansambiliga o‘z minnatdorchiligini bildirib kalajakda bundanda baland zafarlar tilab qoldi.

FOTO LAVHALAR:

Share