Qizlarning odob-axloqi va muloqot madaniyati

Qizlarning odob-axloqi va muloqot madaniyati

O‘zDK “Musiqiy pedagogika” kafedrasi dotsenti, psixologiya fanlari nomzodi, faxriy akademik, OCHES fakulteti xotin-qizlari qo‘mitasi raisi G.A.Qurbonovaning fakultet miqyosida “Qizlarning odob-axloqi va muloqot madaniyati” mavzusida O‘zDJTU “Pedagogika va psixologiya” kafedrasi bilan hamkorlikda dotsent, p.f.n. M.L.Aripovaning “Nutqiy faoliyatning pedagogik xususiyatlari” mavzusida; O‘zDJTU “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi dotsenti, psixol.f.n. M.X.Axmedovaning “Nutqiy faoliyatning psixologik xususiyatlari”  mavzusida; O‘zDJTU “Jismoniy madaniyat” kafedrasi katta o‘qituvchisi A.A.Radjabovaning “Nutqiy faoliyatning fiziologik xususiyatlari” mavzusida ilmiy ma’ruzalar hamda davra suhbatlari o‘tkazildi.

 

Olib borilgan davra suhbatlarida talaba-qizlarga muomala madaniyati, nutqning xususiyatlari, nutq rivojlanishining xarakter xususiyatlariga bog‘liqligi, tinglash texnikasi, nutqning rivojlanishida tibbiyotning ahamiyati, oiladagi o‘zaro munosabatning tarbiyaviy jihatlari xususidagi ma’lumotlarni berishdi. Shuningdek, ma’ruza davomida mavzularning ilmiy-amaliy ahamiyatini ta’kidlab, mazmunli suhbat o‘tkazdilar.

Tadbir yakunida OCHES fakulteti xotin-qizlari qo‘mitasi raisi G.A.Qurbonova talaba-qizlar bilan trening mashg‘ulotini o‘tkazdi.

Yuqorida keltirilgan ma’ruzalar katta qiziqish bilan tinglandi va professor-o‘qituvchilar hamda talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollari bilan murojaat qilib, to‘liq ma’lumotga ega bo‘ldilar.

Tadbirda O‘zDK Ma’naviy ishlar bo‘yicha prorektor S.S.Azizboev, OChES fakulteti dekani F.R.Abdullaev, O‘zDJTU professor-o‘qituvchilari, O‘zDK katta o‘qituvchilar S.R.Radjabova, Z.S.Sodiqova hamda OCHES fakulteti talaba qizlari ishtirok etdi

FOTO LAVHALAR:

Share