«Sevimli ariyalar»

«Sevimli ariyalar»

11 aprel 2018 yil vokal sanatining yetakchi ustozi, Akademik xonandalik va opera tayyorlovi kafedrasi dotsenti Mukhamedova Galina Iminovnaning “Sevimli ariyalar” nomli sinf konserti otkazildi. Konsertda turli davrlarga mansub o‘zbek, italyan, fransuz va rus kompoztorlari ariyalari yangradi. Vokal musiqasi shaydolari konsert ishtirokchilarini iliq kutib olib, bayramona kayfiyat ulashdilar.

Dastlab konsertda 3 kurs talabasi, yoqimli tembr egasi Bobur Toshtemirov, jarangli liriko-koloratur soprano Xadicha Imomnazarova, kuchli va yorqin ovoz soxibasi Elena Xafizova ijrosida V.Mosart ariyalari yangradi. G.Muxamedova sinfida aksariyat o‘rin egallagan bariton ovozi egalari – bakalavriat bitiruvchilari Gaybullo Tursunov, Bekzod Jumaboyev, Baxodir Kuldashboyev va 1-kurs talabasi Ulmas Radjabovlar turli xil ariyalarni xar biri oziga xos iste’dodli va mazmunli tarzda ijro qildilar.

Ustoz Galina Iminovna tayyorlagan konsertning kutilmagan sovg’asi – lisey o‘quvchisi Shoxjahon Omonov Kachchinining «Ave, Maria» asarini ananaviy bariton sifatida emas, balki O‘zbekistonda birinchi bor kontr-tenor ovozida kuylashi boldi. Ushbu ijro tinglovchilarni junbushga keltirib, katta olqishlarga sazovor bo‘ldi.

Konsertda rus musiqasi ham keng yoritildi. 2 kurs talabasi Rustem Ilyasov nozik did bilan Likov ariozosini, lisey o‘quvchisi Diyora Sayfullayeva yorug’ tusda Qorqiz ariyasini, Elena Xafizova hayajonli xarakterda Serviliya ariyasini tinglovchilar hukmiga taqdim etishdi.

Konsert so’ngida Bobur Toshtemirov ijrosida Roberto ariyasi va Allayar Sharapov ijrosida Kalaf ariyasi, shuningdek, barcha konsert ishtirokchilari ijrosida sevimli, mashxur ariyalar “Epitalama”, Oskar qoshigi va Gersog ariozosi yangrab, tasannoga ega bo’lishdi.

Shubxasiz, konsertning muvaffaqiyatli otishida konsertmeysterning xissasi kattadir. Ushbu kechada barcha yosh xonandalarni qo’llab – quvvatlagan Olga Ternovix va lisey o’quvchilariga jornavozlik qilgan Ekaterina Shestakova aloxida e’tirofga loyiq, desak mubolaga bolmaydi.

Oziga xos ananaga aylangan G.Muxamedova sinf konsertlari doimo bayramona ruhiyatda o’tib, tinglovcilar tomonidan yuksak baholanadi. Fursatdan foydalanib, ustoz Galina Iminovnani oltmish yillik yubileylari bilan qutlab, ularga ilhombaxsh ijodida kuch-quvvat va barkamollik tilab qolamiz.

FOTO LAVHALAR:

 

Share