YOSH BASTAKORLAR TANLOVI

YOSH BASTAKORLAR TANLOVI

2018 yil 17 aprel kuni O‘zbekiston davlat konservatoriyasining Kichik zalida talaba-bastakorlarning “Fortepiano ansambli uchun eng yaxshi asar tanlovi” bo‘lib o‘tdi. Tanlov “Kontinent FA” forum-festivali doirasida tashkil etilgan bo‘lib, “Bastakorlik va cholg‘ulashtirish” hamda “Maxsus fortepiano” kafedralari o‘rtasidagi ijodiy hamkorlik mahsulidir.

“Bastakorlik san’ati” ta’lim yo‘nalishi talabalari ushbu tanlov uchun maxsus ravishda musiqiy asarlar bastaladilar. Ushbu asarlar esa “Cholg‘u ijrochiligi – fortepiano” ta’lim yo‘nalishi talabalari tomonidan muvaffaqiyat bilan sahnaga olib chiqildi. Musiqiy asarlarning ro‘yobga kelishida ikkala kafedraning professor-o‘qituvchilari mehnat qildilar.

Tanlovda yangragan asarlar:

  1. Jahongir To‘raev. Tantana
  2. Jahongir Jo‘raev. Rondo
  3. Marjona Olimjonova. Shodlik
  4. Alim Mullaev. Xojdenie po pentatonike
  5. Olga Kim. To‘lqinlar
  6. Adham Abduraimov. Poytaxt
  7. Noila Abdurahmonova. Uyg‘onish

Share