“Yoshlik bahori” yosh opera ijrochilarining respublika ko‘rik-festivali o‘tkazilib kelinmoqda.

“Yoshlik bahori” yosh opera ijrochilarining respublika ko‘rik-festivali o‘tkazilib kelinmoqda.

Beshinchi yildirki, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tashabbusi bilan yosh iste’dodlarning mahoratini namoyish etish, ustoz-shogird an’analarini davom ettirish, yosh ijrochilar mahoratini oshirish, ularni yanada rag‘batlantirish maqsadida “Yoshlik bahori” yosh opera ijrochilarining respublika ko‘rik-festivali o‘tkazilib kelinmoqda.
Mazkur ko‘rik-festivalning bu yilgi mavsumi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida” 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-sonli Farmonida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etilmoqda.
“Yoshlik bahori” respublika yosh opera ijrochilarining respublika ko‘rik-festivali yosh iste’dodlarning mahoratini namoyish etish, ustoz-shogird an’analarini davom ettirish, yosh ijrochilar mahoratini oshirish, ularni yanada rag‘batlantirishda muhim ahamiyatga ega.

Ko‘rik-festivalda 18 yoshdan 32 yoshgacha bo‘lgan 70 nafarga yaqin professional yosh opera ijrochilari o‘zaro bellashadilar


Festival bir bosqichda bo‘lib, ishtirokchilarning barcha chiqishlari omma oldida o‘tkaziladi. Barcha asarlar original tilda va original tonallikda, yoddan ijro etilmoqda.


Har bir ishtirokchiga 12 daqiqagacha vaqt berilib, ular o‘zbek kompozitorlarining operalaridan ariyalar va kamer vokal asarlari hamda chet el kompozitorlarining operalaridan ariyalar va kamer vokal asarlaridan istalganini ijro etmoqdalar. Ularning chiqishlari nufuzli Hakamlar hay’ati tomonidan baholanmoqda.


G‘olib va sovrindorlar pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:

1-o‘ringa – 5 000 000, 2-o‘ringa – 3 000 000, 3-o‘ringa – 2 000 000 so‘m miqdorida mukofotlar belgilangan.

“Yoshlik bahori” ko‘rik-festivali yurtimizda yoshlar uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlardan oqilona foydalanayotgan milliy operamiz yosh ijrochilarining ovozi dunyo miqyosida yanada balandroq jarang sochishiga ishonchimizni orttiradi. Musiqiy anjuman opera san’ati sirlarini egallashga intilayotgan yosh iqtidor egalarini yanada yuksak parvoz qilishlari uchun qanot baxsh etadi.

Share