E ‘ L O N

O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining 2018  yil  6 martdagi  178-f-sonli  Farmoyishiga hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 9-apreldagi 87-03-1346 xatiga muvofiq  O‘zbekiston  davlat  konservatoriyasida 2018 yil 30 aprel kuni “Musiqa san’atida an’ana va zamonaviylik” mavzusida respublika miqyosida ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkaziladi.

Konferensiyada ishtirok etish istagini bildirganlar 2018 yil 23 apreliga qadar quyidagi tartibda o‘z maqolalarini O‘zDKning tahririy-nashriyot bo‘limiga (tel: 244-94-50. navouzbek@mail.ru) taqdim etishlari zarur:

  • taqdim etilayotgan maqolalar 5 betdan oshmasligi kerak, mavzudan chetga chiqmagan holda tayyorlangan maqolalar puxta tahrir qilinib, qog‘oz va elektron shakldataqdim etiladi, ma’ruza mantlari o‘zbek va rus tillarida yozilishi mumkin;
  • ma’ruza matnlari MS Word-2007 dasturida, 14 shift, 1 intervalda tayyorlanishi shart;
  • matn standart bichimidagi A4 formatda, yuqori va pastdan 2,5 sm, o‘ng tomondan 1,5 sm, chap tomondan 3 sm joy qoldirib yoziladi;
  • mavzuning nomi katta harflar bilan qoraytirib, sahifaning o‘rtasiga joylashtiriladi. Ma’ruzachining familiyasi, ismi va otasining ismi, ish joyi, lavozimi, telefoni o‘ng tomonga beriladi, xat boshiga 1,25 sm qoldiriladi.

 

Eslatma:

Konferensiya materiallari to‘plam shaklida chop etiladi. Yuqoridagi talablarga rioya qilib yozilmagan, tahrir qilinmagan maqolalar nashrga olinmaydi. Maqolalarda keltirilgan ma’lumotlar, iqtiboslarning to‘g‘riligiga mualliflar mas’uldirlar.

 

Qo‘shimcha ma’lumotlarni olish uchun manzil va telefon raqamlari:

Shayxontoxur tumani, Olmazor ko‘chasi, 1-uy.

O‘zDK Ilmiy tadqiqot va ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi – teatr bloki, 3-qavat, Tahririy-nashriyot bo‘limi – teatr bloki, 3-qavat, tel: 8(371) 244-94-50.

 

Share

Tavsiya etilgan