«Navro‘z sadolari» IV Xalqaro ko‘p ovozli milliy cholg‘u ansambl va orkestrlar ko‘rik-festivali bo‘lib o‘tdi.

"Navro‘z sadolari" IV Xalqaro ko‘p ovozli milliy cholg‘u ansambl va orkestrlar ko‘rik-festivali bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 5 martda o‘tkazilgan majlisining Bayoniga binoan 3-5 aprel kunlari «Navro‘z sadolari» IV Xalqaro ko‘p ovozli milliy cholg‘u ansambl va orkestrlar ko‘rik-festivali bo‘lib o‘tdi.

Ko‘p ovozli milliy cholg‘u ansambl va orkestrlar festivali «So‘g‘diyona» o‘zbek milliy cholg‘ulari davlat kamer orkestri tashabbusi bilan 1996 yildan buyon an’anaviy tarzda o‘tkaziladi. “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili”ga bag‘ishlangan ushbu festival yoshlarning musiqiy qobilyatini aniqlab olish, bilim ko‘nikmalarini mustahkamlashda o‘zining ijobiy ta’sirini ko‘rsatadi.Festival’ O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi, «Sog‘lom avlod uchun» xalqaro xayriya jamg‘armasi, O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Shayhontohur tuman Kengashi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi markaziy kengashi, O‘zbekistonda Shveytsariya elchixonasi qoshidagi Shveytsariya hamkorlik byurosi, O‘zbekiston davlat konservatoriyasi va O‘zbekiston Respublikasi kompozitor va bastakorlar uyushmasi, «Golden Trophy» xalqaro tanlov va festivallar sovrindori «So‘g‘diyona» milliy cholg‘ular kamer orkestri hamda «Tasviriy oyina» ijodiy uyushmasi hamkorligida o‘tkazildi.O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat Vaziri, O‘zbekiston davlat konservatoriyasi rektori, professor B.S.Sayfullaev, Xalqaro xayriya jamg‘armasi raisi S.T.Inamova, Xalqaro hakamlar raisi, Qirg‘iziston Respublikasi xalq artisti, professor T.M. Muratalievlar kirish so‘zlarida anjuman ishtirokchilarini tabrikladilar va “Navro‘z sadolari” festivalining nufuzi yildan-yilga oshib borilayotgani to‘g‘risida iliq fikrlarni bildirib o‘tishdi.

Bu yil «Navro‘z sadolari» IV Xalqaro ko‘p ovozli milliy cholg‘u ansambl va orkestrlar festivalining Nizomiga asosan 15-19 yoshgacha bo‘lgan sozandalar ishtirok etdi. Tadbirda respublikamizning musiqa va san’at litsey va kollej o‘quvchilari jamoasi bilan birgalikda Mongoliya, Rossiya Federatsiyasining Buryatiya Respublikasi, Tojikiston, Qirg‘iziston va Qozog‘iston Respublikalaridan kelgan ansambl va orkestr jamoalari ishtirok etdi.Uch kun davom etgan ushbu festivalda, 700 dan ortiq sozandalar qamrab olingan. Tadbir doirasida kompozitorlar asarlarining eng yaxshi ijrosiga bag‘ishlangan ko‘p ovozli ansambl va orkestrlar tanlovi o‘tkazildi. Mo‘g‘uliston Respublikasi, Mo‘g‘uliston davlat konservatoriyasi litseyi milliy cholg‘ular ansambli, Toshkent shahar, R.Glier nomidagi RIMAL o‘zbek milliy cholg‘ulari orkestri, Buxoro viloyati, Buxoro san’at kolleji mizrobli cholg‘ular ansambli, Rossiya Federatsiyasi Buryatiya Respublikasi, P.I.Chaykovskiy nomidagi san’at kolleji “Aryuun domog” buryat milliy cholg‘ulari orkestrlari hakamlar tomonidan tanlov g‘oliblari deb topildi va I darajali diplom, qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.Bundan tashqari yosh ijodkorlar uchun mahorat darslari o‘tkazildi. Shu bilan birga, “San’atkor madaniyatiga oid talablar va yoshlar ta’lim-tarbiyasi masalalari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konfirentsiya bo‘lib o‘tdi.Festivalning yopilish marosimida “Sog‘lom avlod uchun” Xalqaro xayriya Fondining Prezidenti, hurmatli T.A.Karimova ishtirok etdilar va O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A.Karimov haqida yozgan kitoblarini eng faol soha vakillariga taqdim etdilar.Barcha jamoalar Diplom, Sertifikat, shuningdek, Madaniyat Vazirligi, «Sog‘lom avlod uchun» xayriya jamg‘armasi, Shveytsariya Hamkorlik byurosi va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi markaziy kengashi tomonidan sovrin va maxsus esdalik sovg‘alar bilan taqdirlanishdi.

 

«Navro‘z sadolari» IV Xalqaro ko‘p ovozli milliy cholg‘u ansambl va orkestrlar festivalining respublikamizda o‘tkazilishi xalqimizning milliy san’atimizga bo‘lgan etibori namunasidir.

Share