Xor dirijyorlik” kafedrasining o‘qituvchilari va 1-3 bosqich talabalari Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy bog‘i hududida “Adiblar xiyoboni”ga tashrif buyurdilar

Xor dirijyorlik” kafedrasining o‘qituvchilari va 1-3 bosqich talabalari Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy bog‘i hududida “Adiblar xiyoboni”ga tashrif buyurdilar

2018 yil 4 aprel kuni “Xor dirijyorlik” kafedrasining o‘qituvchilari va 1-3 bosqich talabalari Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy bog‘i hududida “Adiblar xiyoboni”ga tashrif buyurdilar. Ushbu bog‘ O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Shavkat Mirziyoevning qarori bo‘yicha tashkil eilgan.

Milliy bog‘ni xalqimiz, avvalambor, yoshlarimizning madaniy-ma’rifiy saviyasini yuksaltirishga xizmat qiladigan, nafaqat yurtimiz, balki jahonning turli mamlakatlaridan mehmonlar va sayyohlar tashrif buyuradigan har tomonlama go‘zal va betakror maskanga aylantirish, ma’naviy hayotimizda o‘chmas iz qoldirgan atoqli so‘z san’atkorlarining tarixiy xotirasini abadiylashtirish maqsadida barpo etilgan.

Ushbu hududda  O‘zbekiston xalq yozuvchilari Abdulla Qahhor, Oybek, Said Ahmad va taniqli shoira Saida Zunnunova xotiralariga bag‘ishlab yodgorlik majmualari o‘rnatilgan. Atoqli olim va jamoat arbobi Ozod Sharafiddinov hamda O‘zbekiston xalq shoirlari Erkin Vohidov, Abdulla Oripov va Muxammad Yusuflarga ham yodgorlik majmualar o‘rnatilgan.

O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf o‘z she’riyatida xayotning to‘liqligi va turli xilligini ko‘rsataolgan. Uning milliy shaxsiy uslubi shoirni mashxur qilgan. She’rlarining asosiy mavzusi Vatanga bo‘lgan muxabbatni aks etadi.

 

«Xalq bo‘l, elim»

Qadim yurtga qaytsin qadim navolarim,

Qumlar bosib qurimasin daryolarim.

Alpomishga alla aytgan momolarim

Ruhini shod etay desang – xalq bo‘l, elim!..

Dunyoga boq, qaddi sendek kim bor yana,
Dovrug‘i ham dardi sendek kim bor yana.
Xalq bo‘lishga haddi sendek kim bor yana,
Moziyni yod etay desang – xalq bo‘l, elim.

Sen tebratgan beshigini Sohibqiron,
Sening bolang yulduzlarga qo‘ygan  narvon.
Bir mayizni qirqqa bo‘lgan bir tanu  jon-
Kunlaringga qaytay desang – xalq bo‘l,  elim.

Daryo bo‘lib jo‘shgin endi zavqi ulug,
Bayramingda sevinch ko‘z yoshingga qulluq,
Yurtim degan jasur Yurtboshingga  qulluq,
Unga qanot bo‘lay desang – xalq bo‘l, elim.

Bo‘lar elning bolalari bir-birin der,
Bo‘lmas elning bolalari bir-birin yer.
Bir bo‘l endi, qadri baland qaddingni ker,
Xalq bo‘l, elim, xalq bo‘l, elim, xalq  bo‘l, elim!
(Muhammad Yusuf)

Share