“O‘zbek kompozitorlari estrada asarlarining eng yaxshi ijrosi” tanlovi bo‘lib o‘tdi

“O‘zbek kompozitorlari estrada asarlarining eng yaxshi ijrosi” tanlovi bo‘lib o‘tdi

28-mart kuni O‘zDKning Kata zalida «Estrada xonandaligi»  kafedrasi boshchiligida “O‘zbek kompozitorlari estrada asarlarining eng yaxshi ijrosi” tanlovi bo‘lib o‘tdi. Tanlovda “Estrada xonandaligi” kafedrasi professor-o‘qituvchilari: O‘zR san’at arbobi, professor D.Amanullaeva, O‘zbekistonda hizmat ko‘rsatgan  artist, professor v.b. Yu.Turayev, katta o‘qituvchi M.Orunbaeva, o‘qituvchilar – K.Djalilova, L.Turayeva, D.Baybobaev, A.Meldibekov sinf talabalari ishtirok etdilar.

Tanlov hayat a’zolari:  O‘zR san’at arbobi, professor –  D.Amanullaeva, O‘zbekistonda hizmat ko‘rsatgan  artist, professor v.b. –  Yu.Turayev,  «Estrada xonandaligi»  kafedrasi mudiri, dotsent – R.Islamova.

Aytib o‘tish joizki, «Estrada xonandaligi»  kafedrasi tomonidan 2005 yildan boshlab,   har yili to‘rtta yo‘nalish bo‘yicha tanlovlar o‘tkaziladi. Bular: “Estrada-jaz asarlarining eng yaxshi ijrosi”, “G‘arb kompozitorlari asarlarining eng yaxshi ijrosi”, “Estrada vokal ansambli asarlaring eng yaxshi ijrosi”, “O‘zbek kompozitorlarining estrada asarlarining eng yaxshi ijrosi” tanlovlaridir.

Tanlaovda qatnashish talabalarning katta sahnada “jonli” ijro, asrtistizm, mikrofon bilan ishlash kabi kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirishda va kelajakda “o‘z kasbining ustasi” bo‘lishda katta yordam beradi.

Share