“Omnibus” ansambli Germaniya poytaxti Berlinda o‘tkazilgan mashhur “Turbulenzen” nomli Xalqaro musiqa festivalida qatnashdi

“Omnibus” ansambli Germaniya  poytaxti Berlinda o‘tkazilgan mashhur “Turbulenzen” nomli Xalqaro musiqa festivalida qatnashdi

2017 yilning 5 – 11 dekabr kunlari “Omnibus” ansambli Germaniya  poytaxti Berlinda o‘tkazilgan mashhur “Turbulenzen” nomli Xalqaro musiqa festivalida qatnashdi.  Festival jahonda katta nufuzga ega bo‘lgan “Radialsystem V” kontsert zalida o‘tkazildi. “Omnibus” ansambli o‘zining kontsert dasturida aynan shu ansambl uchun maxsus bastalangan asarlardan bir nechtasini ijro etdi. Bular O‘zbekiston, AQSh va Eron kompozitorlari qalamiga mansub bo‘lgan asarlardir.

Festivalda ishtirok etgan mashhur musiqa arboblari Kristian Utz, Sandip Bxagvati, Uolker Blamensaler va Xelena Uinkelmen: ”Omninbus” ansambli   global musiqa dunyosiga o‘zbek musiqasi va cholg‘ularini olib kelayotgan mashhur jamoadir. “Omninbus” ning barcha musiqachilari va kompozitorlari halqaro miqyosda tanilgan bo‘lib, ushbu jamoa ning faoliyati O‘zbekiston madaniy me’rosini  XXI asrda jahon miqyosiga olib chiqishda katta ahamiyatga ega”  –  degan fikrni bildirdilar.

*  *  *

2018 yilning 17 – 23 mart kunlari Turkiya davlatining Samsun shahrida “Intercultural Sonference and Soncerts” nomli Xalqaro anjuman bo‘lib o‘tdi. Turkiya va Yevropa musiqa arboblari taklifiga binoan “Omnibus” ansambli ushbu loyihaga ikkita kontsert dasturi bilan taklif etildi. “Omnibus”  ansambli ushbu anjuman uchun dunyoning turli mamlakatlaridan kelgan yosh va professional kompozitorlar uchun musiqiy  laboratoriya yaratdi.  Ijodiy laboratoriya natijasida Xalqaro anjuman qatnashchilari “Omnibus” ansambli olib borgan mashg‘ulotlardan o‘zlari uchun foydali bo‘lgan maslahatlarni olishdi.

Share