“Musiqa san’atining dolzarb masalalari: yondoshuvlar, muammolar, istiqlollar” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkazildi

“Musiqa san’atining dolzarb masalalari: yondoshuvlar, muammolar, istiqlollar” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkazildi

Joriy yilning 30 mart kuni O‘zbekiston davlat konservatoriyasi «Ma’naviyat va ma’rifat» xonasida “Musiqa san’atining dolzarb masalalari: yondoshuvlar, muammolar, istiqlollar” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkazildi. Anjumanni Ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo‘yischa prorektor Saloxiddin Azizboyev, Ilmiy-tadqiqot va ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi boshlig‘i Baxtiyor Ashurov hamda Magistratura bo‘limi boshlig‘I Axmad Bahriyevlar ochib berishdi. So‘ng doktorantlar, magistrlar va iqtidorli talabalar ishtirok o‘z ma’ruzalari bilan qatnashishdi. Konferensiya dasturidan musiqa san’atining tarixi, nazariyasi, cholg‘ushunoslik, kompozitorlik, maqomshunoslik, ijrochilik va musiqiy pedagogika kabi jihatlarga oid muammo va masalalar aks etgan ma’ruzalar o‘rin oldi. Jumladan, “Alisher Navoiy va maqom san’ati”, “O‘zbek bastakorlik ijodiyoti masalalari: Fattohxon Mamadaliev ijodi misolida”, “O‘zbekistonda jaz musiqasi amaliyotining si  ntezi masalalari” kabilardir.

Bunday ilmiy-nazriy konferensiyalarning yoshlar hayotida ko‘proq o‘tkazilishi endigina ilmiy faoliyatini boshlayotgan va ma’lum bosqichlarda davom ettirayotgan yosh doktorantlar, olimlar, mustaqil tadqiqotchi va magistrlar uchun ayni muddao bo‘lib, ularni ilm yo‘lidagi izlanishlarini to‘g‘ri maqsad sari yo‘naltiradi, shuningdek, o‘z tadqiqot ishini tajribali ustozlar oldida sinovdan o‘tkazishga imkoniyat yaratadi. Eng muhimi, yoshlarni o‘z mustaqil fikrini omma e’tiborida himoya qilishga o‘rgatadi. Ishonch bilan aytish mumkinki, yoshlarimizning teran tafakkur bilan aniq maqsad sari harakatlanishi o‘zbek musiqasining nafaqat amaliy, balki ilmiy kelajagining ham porloq ekanligidan dalolat beradi.

Share