Talabalarning madaniy hordig’i

Talabalarning madaniy hordig'i

24.03.18 O’zbekiston davlat konservatoriyasi Xor dirijorligi kafedrasining 2-kurs talabalari o’z kurs rahbari  S.P.Kadirova bilan Respublika “Olimpiya shon-shuhrati” muzeyiga tashrif buyurishdi. U joyda murabbiy va talabalar olam-olam taassurotlarga ega bo’lishdi. Bizning sportchilarimiz erishgan yutuqlarni o’z ko’zlari bilan ko’rib, ular bilan faxrlanishdi. Shuningdek muzey ma’muriyatining ochiq ko’ngili va beg’araz yordamidan chin dildan minnatdormiz.

24.03.18 O’zbekiston davlat konservatoriyasi Xor dirijorligi kafedrasi talabalari bilan Alisher Navioy nomidagi DAKTda A.Rubinshteynning «Demon» operasini kuzatib bordik. Rossiya federatsiyasining Marinskiy teatri bilan hamkorlikda qo’yilgan ushbu opera kafedramiz talabalari uchun ulkan bir maktab bo’ldi. Ularning professional ijrosi nafaqat bizning kafedramiz talabalariga, balki ushbu operaga tashrif buyurgan barcha tomoshabinlarga birdek ma’qul keldi. Ushbu operani sahnaga olib chiqqan tashkiliy ishlar  hodimlari va  ijodkorlariga mohirona ijro uchun kattakon rahmat aytib qolamiz.

Sahnalashtiruvchi rejissor Rossiyada xizmat ko’rsatgan madaniyat hodimi, Marinskiy teatri hodimi Irkin Gabitov, Yakkahonlar: Ruslan Gaffarov, Nadejda Bandelet, Kirill Borchaninov, Umid Isroilov, Rada Smirnix, Aziza Muhammedova, Abdulla Shirinov, Jabroil Idrisov. Dirijor O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist Fazlitdin Yaqubjonov, Xormeysterlar O’zbekiston xalq artisti Sulaymon Shadmonov, Natalya Kupriyanova, Olga Bulgakova.

 

Share