Kompozitor Dilorom Saydaminova bilan ijodiy uchrashuv o‘tkazildi

Kompozitor Dilorom Saydaminova bilan ijodiy uchrashuv o‘tkazildi

2017 yil 28 mart kuni O‘zbekiston davlat konservatoriyasida kompozitor Dilorom Saydaminova bilan ijodiy uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuv chog‘ida kompozitor o‘zining «Sarob», «Pala-partish tushlar», «Amir Temur» nomli asarlarini tinglovchilarga namoyish etdi. Asarlar o‘zining milliy qiyofasi hamda obrazli ifodaviyligi bilan e’tiborni tortdi. Talabalar ushbu asarlarning nota yozuvlari bilan tanishdilar. Musiqiy asarlarda o‘z ifodasini topgan zamonaviy nota grafikasi hammaning e’tiborini o‘ziga jalb etdi. Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

Share