“Uydan uzoqdagi manzil: fortepiano ansambli – kecha va bugun” deb nomlangan ilmiy-amaliy anjuman

“Uydan uzoqdagi manzil: fortepiano ansambli – kecha va bugun” deb nomlangan ilmiy-amaliy anjuman

2018 yil 14 mart kuni “Kontinent FA” forum-festivali doirasida “Uydan uzoqdagi manzil: fortepiano ansambli – kecha va bugun” deb nomlangan ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazildi. Anjumanda 30 dan ziyod talaba va professor-o‘qituvchilar qatnashib, fortepiano ansamblining kecha va bugungi taraqqiyotiga bag‘ishlangan ma’ruzalarini yig‘ilganlarga taqdim etdilar. Qizg‘in bahs va munozaralarga boy bo‘lgan mazkur ilmiy anjuman qatnashchilari o‘z prezentatsiyalarini havola qildilar. Tadbir so‘nggida qatnashchilar maxsus sertifikatlar bilan taqdirlandilar. Ilmiy-amaliy anjuman tashkilotchisi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, professor A.R.Sharipova.

 

“Musiqa sadolari” deb nomlangan  film namoyishi

 

2018 yil 15 mart kuni O‘zbekiston davlat konservatoriyasi kamer zalida “Musiqa sadolari” deb nomlangan  film namoyishi o‘tkazildi. Unda konservatoriya talabalari, professor-o‘qituvchilari, hamda malaka oshirish kurslari tinglovchilari qatnashdilar. Film namoyishi qizg‘in davra suhbatiga sabab bo‘ldi. Yig‘ilganlar “Kontinent FA” forum festivali tashkilotchisi, professor A.R.Sharipovaga chuqur minnatdorchilik bildirdilar.

Share