“Kontinent FA” forum-festivali doirasida fortepiano kontsertlari

“Kontinent  FA” forum-festivali doirasida fortepiano kontsertlari

2018 yil 1 mart kuni O‘zbekiston davlat konservatoriyasi katta zalida “Kontinent  FA” forum-festivali doirasida fortepiano kontsertlari ijro etildi. Dasturda “Maxsus fortepiano” kafedrasi talaba, o‘qituvchi va professorlari qatnashdilar. Dasturdan o‘rin egallagan asarlar ikki royal va orkestr ijrosiga mo‘ljallangan bo‘lib, O‘zbekistonda bu yo‘nalishdagi ilk kontsertdir. Yakkaxonlar: respublika va xalqaro tanlovlar laureatlari S.Azimov, L.Latipova, V.Umarova, E.Mirzakamalova, A.Sharipova, D.Axmetshina. Dasturdan D.Shostakovich (Kontsertino), V.Uspenskiy (f-no va orkestr uchun Kontsert 2-3 qism), B.Brittenning fortepiano uchun yaratilgan (Shotlandiya balladasi) asarlari o‘rin egalladi. Kontsertda Milliy simfonik orkestri qatnashdi. Orkestrning badiiy rahbari  I.Djalilov. “Orkestr dirijorligi” kafedrasi mudiri, MTS bosh dirijeri G’.Abrorov kontsertga dirijorlik qildi. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, musiqashunos I.Gulzarova yig‘ilganlarga dastur va ijrochilar haqida ma’lumot berdi. Konsert dasturi tashrif buyurganlarga manzur bo‘ldi.

Share