“O‘zbek va xorijiy tillar” kafedrasining ma’naviy-ma’rifiy ishlari

“O‘zbek va xorijiy tillar” kafedrasining  ma’naviy-ma’rifiy ishlari

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi majlisining 2018 yil 15 favraldagi “2018 yilda diniy-ma’rifiy sohada amalga oshiriladigan tashkiliy-amaliy, madaniy-ma’rifiy tadbirlar hamda targ‘ibot-tashviqot ishlarini samarali tashkil etish to‘g‘risida”gi bayoni (07/1-377-son, 16.02.2018y.) bilan tasdiqlangan “2018 yilda diniy-ma’rifiy sohada amalga oshiriladigan tashkiliy-amaliy, madaniy-ma’rifiy tadbirlar hamda targ‘ibot-tashviqot tadbirlari rejasi (Yo‘l xaritasi)” ning      1-bandida “Buxoriy avlodlari”, “Marg‘inoniy avlodlari”, “Moturudiy avlodlari”, “Naqshband avlodlari”, “Islom sivilizatsiyasi bilimdoni” shiori ostida turkum ilmiy-ma’rifiy tadbirlar, tanlovlar, musobaqalar tashkil etish vazifasi belgilangan.

Shu bois O‘zbekiston davlat konservatoriyasi “O‘zbek musiqa ijrochiligi” fakulteti “O‘zbek va xorijiy tillar” kafedrasi  professor-o‘qituvchilari tomonidan 2018 yil 22 mart kuni o‘tkazilgan “Abu Mansur al-Moturidiy hayoti va ijodiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Tadbirda  “O‘zbek va xorijiy tillar” kafedrasi  professor-o‘qituvchisi S.Raxmonova so‘zga chiqib, ulug‘ alloma, imom, fiqholimi, kalom ilmining moturidiylik oqimi asoschisi “Abu Mansur al-Moturidiy hayoti va ijodi haqida (Abu Mansur alMoturidiy) nutq so‘zladilar. Mamlakatimizda Moturidiyni merosini o‘rganishda faqat mustaqillikdan keyingina kirishildi. Moturidiy hayotinig turli qirralarini yorituvchi maqolalar, risolalar va tadqiqotlar chop etildi. Endilikda xalqimiz Moturidiy merosi bilan o‘z onatilida tanishish imkoniga ega bo‘ldi.

FOTO LAVHALAR:

Share