NAVRO‘Z SHODIYONASI ARAFASIDA HAYRIYA TADBIRI

Ona tabiatni sevish va ardoqlash, hayot gultoji bo‘lmish insonni qadrlash, Vatanga muhabbat va sadoqat kabi ezgu g‘oyalarni o‘zida mujassam etgan “Navro‘z halqimizning eng qadimiy, asl milliy bayramidir.Asrlar davomida el-yurtimizning olijanob orzu-intilishlarni ifoda etib kelayotgan Navro‘z mustaqillik yillarida yangicha ma’no-mazmunga ega bo‘lib, tom ma’noda umumxalq bayramiga aylandi.Sharqona yangni yilning boshlanishi, tabiat uyg‘onishining ramzi, asl milliy, eng ardoqli bayram bo‘lmish Navro‘zning yurtimizda mehr-oqibat, hamjihatlik, insoniylik, bag‘rikenglik va bunyodkorlik, xayr-saxovat muhitini yanada mustahkamlash, yosh avlodni milliy an’analarimizga sadoqat va umuminsoniy qadiryatlarga hurmat ruhida kamol toptirishdagi o‘rni va ta’siri tobora ortib bormoqda.

”O‘zbekiston Respublikasi Prezdentining “2018 yilgi Navro‘z umumxalq bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tqazish to‘g‘risida”gi qaroriga binoan Toshkent shaxar nogironligi bor bolalarni ijtimoyi qo‘llab quvvatlovchi“APLA” jamoat birlashmasi bolalariga O‘zbekiston davlat konservatoriyasi “Ma’naviyat-ma’rifat va iqtidorli talabalar bilan ishlash” bo‘limi hodimasi F.Qurbonova tomonidan “Navro‘z muborak” degan madaniy-ma’naviy tadbir tashkil etdi.Tadbirda davomida bolajonlar uchun sahiy homiylar tomonidan bayram dasturxoni bezatilib, osh tarqatildi. Bayramda O‘zbekiston davlat konservatoriyasi o‘qituvchisi D.Boyboboev o‘z musiqiy chiqishlari bilan mehmonlarni xushnud qildi. Tadbir so‘ngida homiylar tomonidan ajratilan shirinliklar va oziq-ovqat mahsulotlari bayram sovg‘asi tariqasida taqdim qilindi.

Ezgu orzu-umidlar bilan yorug‘ kelajak sari dadil qadam tashlayotgan bolajonlarimiz yuzidagi quvonch va xursandchilik baxsh etgan fidoyi va insonparvarlik fazilatlariga ega  homiylarga o‘z minnadorchiligimizni bildirib qolamiz.Tinch-osuda yurtimiz oilalari va farzandlari doimo shunday baxtli bo‘lishsin.

Share