Navro‘z umumхalq bayrami talaba-yoshlarining dam olish kunlarini samarali tashkil etildi.

Navro‘z umumхalq bayrami talaba-yoshlarining dam olish kunlarini samarali tashkil etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ta’lim, sog‘liqni saqlash va jismoniy tarbiya va sport masalalari kompleksining 2018 yil 9-martdagi “Navro‘z umumhalq bayrami arafasida ta’lim muassasalari talaba-yoshlarining dam olish kunlarini ichki turizm va faol dam olish yo‘nalishlariga jalb etgan holda samarali tashkil etish chora-tadbirlari haqida”gi 14-sonli majlis bayonida (№14/1-3300, 12.03.2018 y.) belgilangan vazifalar hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining  2018 yil 17martdagi 245-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida 2018 yil 19 mart kuni qadimiy va navqiron Buxoro shahriga sayyohat uyushtirildi.

Navro‘z umumxalq bayrami arafasida talabalar o‘rtasida ichki turizm imkoniyatlaridan keng foydalanishni targ‘ib qilishni tashkil etish maqsadida “O‘zbek musiqa ijrochiligi” fakulteti “An’anaviy xonandalik” kafedrasi1 kurs talabalari Karimov Oybek, Qo‘yliev Mirzobek 2 kurs talabasi Bekmurodov Axmadjon “An’anaviy cholg‘u ijrochiligi” kafedrasi 1 kurs talabalari Jo‘raev Suhrot, Muyassarov Feruz, Ubaydullaev Farxod 2 kurs talabasi Hamidov Shaxzod “Xalq cholg‘ularida ijrochilik” kafedrasi 1 kurs talabasi Shodiev Shoxrux 2 kurs talabalari Bafoev Nodirshox, Ismoilov Sadullo 3 kurs talabasi Dilmurodov MirshodlarBuxoro shahrining Xazrat Baxovuddin Naqshbandiy ziyoratgohi “Poikalon” majmuasi, “Labi xovuz” majmuasi, “Somoniylar maqbarasi”, va “Chashmai Ayub” majmuasi va boshqa diqqatga sazovor joylarda sayohatni amalga oshirdilar.

FOTO LAVHALAR:

2018 yil 21 mart kuni Qarshi shahriga sayyohat uyushtirildi.

Navro‘z umumhalq bayrami arafasida talabalar o‘rtasida ichki turizm imkoniyatlaridan keng foydalanishni targ‘ib qilishni tashkil etish maqsadida Orkestr cholg‘ulari o‘qituvchisi Sh.Ismoilov “Orkestr cholg‘ulari va estrada san’ati” fakulteti 1-2 va 3-kurs talabalari Sayimov Sardor, Karimov Sayyomiddin, Egamberdiev  Nurmuxammad, Qayumov Shaxzodbek, Ermatov Javlon, Qaxxorov Xabibjon, Nurdinov Davron,Sharofiddinov Sarvarlar 21 mart kuni Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahridagi diqqatga sazovor joylar bilan tanishdilar. Shu jumladan O‘zbekiston Respublikasining  birinchi Prezidenti “I.A.Karimov” xotirasiga bag‘ishlab o‘rnatilgan haykal bilan ham tanishdilar.

FOTO LAVHALAR:

2018 yil 20 mart kuni qadimiy va navqiron Xorazmviloyatiga sayyohat uyushtirildi.

Talabalar o‘rtasida ichki turizm imkoniyatlaridan keng foydalanishni targ‘ib qilishni tashkil etish maqsadida “BMFAXXD” fakulteti “Akademik xonandalik” kafedrasi 1 kurs talabalari Mardiev Shaxboz, Allabergenov Donyor 2 kurs talabasi Jumaev Shaxzod “Xor dirijyorligi” kafedrasi 1 kurs talabalari Tursunov G‘aybulla,Jumaniyozov O‘ktam 2 kurs talabasi Aliev Farhod “Musiqashunoslik” kafedrasi 1 kurs talabasi Isroilov NozimlarXorazimviloyatiningdiqqatga sazovor joylarda sayohatni amalga oshirdilar.

FOTO LAVHALAR:

 

Toshkent shahri Zangiota tumaniga sayyohat uyushtirildi.

Navro‘z umumhalq bayrami arafasida talabalar o‘rtasida ichki turizm imkoniyatlaridan keng foydalanishni targ‘ib qilishni tashkil etish maqsadida 19.03.2018 “Xor dirijyorligi” kafedrasi gurux murabbiylari B.A.Shaxnazarova, S.P.Kadirova, T.A.Mamikonyan va 1-3 kurs talabalari “Zangiota”  ziyoratgohiga tashrif buyurdilar. Kafedra mudiri S.P.Kadirova boshchiligida tashkil etilgan ziyoratda talabalar tarixiy me’morchilik san’atidan bahra olib,  o‘tganlarni yod aylab, ajdodlarimiz ruhlarini shod etish maqsadida qur’on-tilovat qilib, keng taasurotlar bilan qaytdilar.

FOTO LAVHALAR:

Share