Samarqand shahriga sayohat tashkillashtirildi.

Samarqand shahriga sayohat tashkillashtirildi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 7 fevraldagi “Ichki turizmni jadal rivojlantirishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3514-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2018 yil 12 fevraldagi 146-sonli buyrug‘i rahbarlik va ijro uchun qabul qilinib, konservatoriyaning 2018 yil 15 fevraldagi 66-U-sonli buyrug‘i chiqarildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “Ichki turizmni jadal rivojlantirishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3514-son qarori hamda mazkur qarorning 1-ilovasidagi “O‘zbekiston bo‘ylab sayyohat qil!” ichki turizmni rivojlantirish dasturini amalga oshirish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar rejasi” rahbarlik va ijro uchun qabul qilinib, konservatoriyaning chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi. Xususan:
-jamoa shartnomalariga rag‘batlantirish chorasi sifatida byudjetdan tashqari mablag‘lar hisobiga jamoa xodimlarning kamida 10 foizini oila a’zolari bilan birgalikda har yili dam olishga (ichki turizmga) yuborishni nazarda tutadigan xodimlarning jamoaviy va oilaviy dam olishini tashkil qilish normasini kiritish;
-xodimlarga mehnat qonunchiligiga muvofiq ular uchun qulay bo‘lgan vaqtda sayohat qilish va dam olish uchun ta’tilning foydalanilmay qolgan qismidan dam olish kunlari (otgul) berish;
-har yili 30 dekabrgacha xodimlar uchun turistik-sayohat turlarini tashkil qilish jadvallarini tasdiqlandi.
“O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!” ichki turizmni rivojlantirish dasturini amalga oshirish maqsadida O‘zbekiston davlat konservatoriyasi rahbariyati va Kasaba uyushmasi tomonidan 2018 yili 18 mart kuni Samarqand shahriga 50 nafar professor-o‘qituvchilar va ishchi xodimlarning sayohati tashkillashtirildi. Turistik-sayohat davrida professor-o‘qituvchilar va ishchi xodimlar Samarqandning qadamjolari hisoblangan “Imom al Buxoriy” ziyoratgohi, “Ulug‘bek rasadxonasi”, “Doniyor Payg‘ambar” ziyoratgohi, “Shoxi Zinda” ansambli majmuasi, “Bibixonim ansambli” majmuasi, “O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimovning ziyoratgohi” hamda jahonga mashhur “Registon majmuasi”ga sayohatlar uyushtirildi. Sayohat davomida jamoa a’zolariga mahaliy gid hamrohligida ziyoratjoylarning tarixi va buguni haqida qimmatli ma’lumotlar berildi. Qadimiy va hamisha navqiron Samarqand shahriga uyushtirilgan tarixiy tashrifdan katta taassurot bilan qaytdilar.

FOTO LAVHALAR:

Share