“KONSERVATORIYA FUTBOL KUBOGI” musobaqasi

13-mart kuni O‘zbekiston davlat konservatoriyasi hamda O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti tashabbusi bilan o‘tkazilgan

“KONSERVATORIYA  FUTBOL KUBOGI” musobaqasi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil    3-iyundagi PQ-3031-sonli “Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida bir qator vazifalar belgilangan. Qarorda o‘z aksini topgan vazifalar ijrosini ta’minlash va yoshlar o‘rtasidagi ommaviy sport turlarini, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish hamda konservatoriyada tahsil olayotgan talaba-yoshlarni sportga va sog‘lom turmush tarziga yanada kengroq jalb etish maqsadida joriy yilning 13-mart kuni “Paxtakor” mini-futbol sport kompleksida O‘zbekiston davlat konservatoriyasi “KONSYERVATORIYA FUTBOL KUBOGI” sport musobaqalarining ilk davra uchrashuvlari o‘tkazildi. Umumhisobda 20 ta jamoa ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, ushbu musobaqada talabalar va o‘qituvchilar ishtirok etishdi.

Birinchi davra bahslarda 20 ta jamoalardan 10 nafari g‘oliblikni qo‘lga kiritdi va keyingi bosqich yo‘llanmasini hal etdi. Sharros yog’gan yomg‘ir ostida o‘tgan shiddatli uchrashuvlar soniya-sayin qiziqarli tus oldi va chin ma’noda “Tumanli Albion” musobaqalarini esga soldi. Eng quvonarlisi, zavqli va qiziqarli lahzalarga hamda chiroyli gollarga boy bo‘lgan o‘yin muhlislarni ham o‘ziga jalb etib, tabiat injiqliklari ularga o‘yin zavqini his etishlariga xalaqit bermadi. Tomoshabinlar o‘zlari muhlislik qilgan jamoalarni qo‘llab-quvvatashdi. Musobaqaning ikkinchi davra o‘yinlariga yaqin kunlarda start beriladi. Biz bilan birga qoling va o‘yin zavqini his eting.

FOTO LAVHALAR:

 

 

 

Share