“X-XV asrlar O’rta Osiyo musiqa manbashunosligi” nomli kitobi taqdimoti bo’lib o’tdi

“X-XV asrlar O’rta Osiyo musiqa manbashunosligi” nomli kitobi taqdimoti bo’lib o’tdi

2018-yil 14-mart kuni O’zbekiston davlat konservatoriyasining Ma’naviyat va ma’rifat xonasida filologiya fanlari nomzodi, “O’zbek maqomi tarixi va nazariyasi” kafedrasi professori Zokirjon Tohirovich Oripovning “X-XV asrlar O’rta Osiyo musiqa manbashunosligi” nomli kitobi taqdimoti bo’lib o’tdi. Tadbirni O’zbekiston davlat konservatoriyasining o’quv ishlari bo’yicha birinchi prorektori, professor Avaz Maqsudovich Mansurov ochib berib, mazkur kitobning ahamiyati, musiqa manbashunosligi yo’nalishini O’zbekiston musiqa ilmidagi o’rni haqida fikr yuritdi. Anjumanni O’zbek milliy maqom san’ati markazi direktori, professor Soibjon Mahmudovich Begmatov olib bordi. Tadbir mehmonlaridan Toshkent davlat sharqshunoslik instituti “Mumtoz filologiya” kafedrasi mudiri Rixsitilla Alimuhamedov so’zga chiqib, mazkur yangi kitob haqida, uning manbashunoslikni o’rganishdagi o’rni va ahamiyati borasidagi o’z fikrlarini bildirib o’tdi. Tadbir davomida san’atshunoslik fanlari doktori, professor Rustambek Samig’ovich Abdullayev, O’zbekiston xalq hofizi Mahmudjon Tojiboyev, O’zbekiston davlat konservatoriyasi ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo’yicha prorektori Salohiddin Azizboyev, “O’zbek maqomi tarixi va nazariyasi” kafedrasi katta o’qituvchisi Azizjon Zokirovlar so’zga chiqdilar. Taqdimot yakunida kitob muallifi tadbir ishtirokchilarining qiziqtirgan savollariga javob berdi.

FOTO LAVHALAR:

 

Share