O‘zbekiston davlat konservatoriyasi talabasi “Yoshlar Parlamenti” deputati bo‘ldi.

O‘zbekiston davlat konservatoriyasi talabasi “Yoshlar Parlamenti” deputati bo‘ldi.

Kuni kecha O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi Toshkent shahar Kengashi tomonidan “Yoshlar parlamenti” deputatligi uchun saylovlar o‘z nihoyasiga yetdi va yakuniy natijalar e’lon qilindi. Ularda turli saylov uchastkalaridan qo‘yilgan nomzodlar ishtirok etdi. Ochiq va oshkoralik tamoyillari asosida o‘tkazilgan saylovlar chin ma’noda yoshlarda katta qiziqish uyg‘otdi hamda ular ovoz berish jarayonida faol ishtirok etishdi.

Quvonarlisi, nomzodlar orasida O‘zbekiston davlat konservatoriyasi talaba-yoshlari ham bor bo‘lib, nomzodlar o‘z saylovoldi dasturlar asosida saylovchilar bilan saylovoldi targ‘ibot ishlarini amalga oshirishdi.

5-mart kuni e’lon qilingan yakuniy natijalarga ko‘ra 1-Saylov uchastkasidan qo‘yilgan nomzod O‘zbekiston davlat konservatoriyasi “Orkestr cholg‘ulari va estrada san’ati” fakultetining 1-bosqich talabasi, O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi boshlang‘ich tashkilotining Yoshlar Kengashi a’zosi va faollaridan biri bo‘lgan Po‘latjonova Dildoraxon Shuhratjon qizi 202 ta ovoz to‘plab, umumiy ovozlarning 40,2% foizini qo‘lga qiritib, nomzod O‘zbekiston davlat konservatoriyasi “Orkestr cholg‘ulari va estrada san’ati” fakultetining 1-bosqich talabasi, O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi boshlang‘ich tashkilotining Yoshlar Kengashi a’zosi va faollaridan biri bo‘lgan Po‘latjonova Dildoraxon Shuhratjon qizi “Yoshlar Parlamenti” deputati bo‘ldi. Biz ularni tabriklaymiz va kelgusi ishlarida rivoj tilaymiz.

Share