O‘zbekiston davlat konservatoriyasi qoshidagi Musiqali teatr studiya xor jamoasining hisobot kontserti bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston davlat konservatoriyasi qoshidagi Musiqali teatr studiya xor jamoasining hisobot kontserti bo‘lib o‘tdi.

02.03.2018yil O‘zbekiston davlat konservatoriyasi qoshidagi Musiqali teatr studiya xor jamoasining hisobot kontserti bo‘lib o‘tdi. Bunda  A. Gavrilinning “Перезвоны” simfoniya-deystvasidan  “Весело на душе”, M. Musorgskiyning “Песни и пляски смерти”, M. Shuxning “Silent praer”, “Предрассветная молитва”, “Искушение Светлого ангела”  asarlari ijro etildi.

Kontsert dasturida Yanika Bagryanskaya, Ibroxim Xodjaev, Alimbay  Karimbaev, Farog‘at Abdusalomova, Aleksandra Zaxarovalar yakkaxon partiyalarini ijro etdilar. Xor asarlarini yanada boyitish maqsadida Jamshid Rixsiev, Zafar Nurmuxammadov,  Xudoybergan Baxromov, Nurullo Nasirovlar urma-zarbli asboblarda, Ruslan Volkov, Go’zal Oblayarovalar esa fortepianoda jo‘rnavozlik qildilar. Asarlar ketma-ketligini mantiqiy bog‘lanishida “Ilxom” teatri aktyori Mark Vaylning hissasi beqiyosdir.  Yulduz Xusnitdinova va Sevara Kadirova rahbarlik qilayotgan xor jamoaning artistlari ovoz tembri, intonatsiya sofligi va ansamblni his etish qobiliyatlari bilan ajralib turadilar. Adabiy matnni tinglovchiga yetkazib berish, musiqiy jumlalarni to‘g‘ri tashkil etish va ijro etilishida dirijyorning boshqaruvchanlik qobiliyatiga bog‘liqdir. “Xor dirijyorligi” kafedrasining magistratura bitiruvchisi  Gulmira  Avxadieva dirijyorligida bo‘lib o‘tgan “Hisobot kontsert” barcha tinglovchilarda katta taasurot qoldirdi.

FOTO LAVHALAR:

Share