O‘zbekiston davlat konservatoriyasi yangi yotoqxona binosing ochilish marosimi

O‘zbekiston davlat konservatoriyasi yangi yotoqxona binosing  ochilish marosimi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoevning 2017-yil 8-avgustdagi “O‘zbekiston davlat konservatoriyasi faoliyatini yanada rivojlantirish va takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 23 fevraldagi “Musiqa va san’at yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar uchun yetarli shart-sharoitlar yaratish hamda O‘zbekiston davlat konservatoriyasining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash to‘g‘risida”gi 140-F-sonli Farmoishidagi tegishli vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida konservatoriyada tahsil olayotgan yoshlar uchun Toshkent shahar, Uchtepa tumani, Farxod ko‘chasi, 15-mavze, 3-A uy manzilidagi yangi, zamonaviy, barcha maishiy jihozlar, yangi mebellar, sport anjomlari va kerakli musiqa jihozlari (fortepiano va boshqalar) bilan ta’minlangan, zamon talablariga to‘la javob beradigan O‘zbekiston davlat konservatoriyasiga tegishli bo‘lgan binoda talabalar turar joyi qurib-bitkazildi va foydalanishga topshirildi.

Ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirining o‘rinbosari U.Qo‘qonboev ishtirok etib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoevning madaniyat sohasiga qaratilayotgan e’tiborlari va sohaning yosh kadrlariga g‘amho‘rliklari uchun o‘z minnatdorchiligini bildirib o‘tdi va yangi, zamonaviy, 240 o‘ringa mo‘ljallangan talabalar turar joyi bilan yoshlarni chin qalbdan muborakbod etdi.

Shundan so‘ng, O‘zbekiston davlat konservatoriyasining o‘quv ishlari bo‘yicha birinchi prorektori A.Mansurov so‘zga chiqib, bugungi shodiyonali kun – O‘zbekiston davlat konservatoriyasining yangi talabalar turar joyi bilan yoshlarni chin qalbdan muborakbod etdi va bu yoshlarning kelgusi ijodiy jarayonlari uchun kuch, g‘ayrat va shijoat bag‘ishlashini alohida ta’kidlab o‘tdilar. Shundan so‘ng, pudratchi tashkilot PMK-33 rahbari A.Hudoyberganov so‘zga chiqib, o‘zining tabriklarini konservatoriya rahbariyati qolaversa yoshlarga bildirib o‘tdi va konservatoriya rahbariyati nomidan O‘zbekiston davlat konservatoriyasi ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori S.Azizboev A.Hudoyberganov va X.Umarovlarga milliy urf-odatlarga hos va mos ravishda choponlarni kiydirib, binolarning bu kabi go‘zal va shinam qilib bunyod etilishida ularning mehnatlari katta ekanligini va qilingan ishlar tahsinga sozovor ekanligini ta’kidlab o‘tdi.

Quvonarlisi, bu e’tibordan ruhlangan talaba-yoshlar o‘z minnatdorchiligini bildirib o‘tdilar. Ramziy lentalar qirqilgach mehmonlar va talaba yoshlar binoda yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar. Shundan so‘ng, mehmonlar, hududda istiqomat qilayotgan fahriylar uchun ehson dasturxoni yozildi.

Rejaga ko‘ra ushbu binoni 2016-2017 yillarda mukammal ta’mirlash ishlarini amalga oshirish belgilangan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining Madaniy meros ob’ektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish ilmiy-ishlab chiqarish Bosh boshqarmasi buyurtmasiga asosan – pudratchi tashkilot PMK-33 tomonidan o‘z vaqtida va sifatli kapital ta’mirlash ishlari amalga oshirildi.

Ushbu bino “Tashgiprogor” AJ tomonidan loyihalashtirilgan bo‘lib, shartnomaga binoan 2016 yilda ta’mirlashning 1-bosqichida qiymati 2 307 332,0 ming so‘mga teng ta’mirlash ishlari amalga oshirilgan bo‘lsa, 2017 yilda belgilangan 2-bosqich ishlariga 2 779 410,0 ming so‘m ajiratildi va ta’mirlash ishlari bajarildi. Uning umumiy qiymati esa 5 086 742,0 ming so‘mni tashkil etdi. Yorug‘, shinam, barcha maishiy jihozlar bilan ta’minlangan va zamon talablariga to‘la javob bera oladigan 240 o‘rinli talabalar turar joyi – yoshlar istiqomat qilishlari uchun topshirildi.

Share