Kanadalik mehmonlar bilan mahoratli sinf uchrashuvi bo’lib o’tdi.

Kanadalik mehmonlar bilan mahoratli sinf uchrashuvi bo’lib o’tdi.

Bugun, 2 mart kuni O’zbekistan davlat konservatoriyasida jahon miqyosida mashxurlik qozongan, zamonaviy akademik musiqa va jaz musiqasi an’analarini o’z ijodida uyg’unlashtirgan Kanadalik yetakchi jaz pianisti va kompozitor Devid Breyd bilan maxoratli sinf uchrashuvi bo’lib o’tdi. Uchrashuvda Kanada davlatining Moskvadagi elchixonasi vakili – Ilina Xabibulina, iqtidorli o’zbek jaz pianisti Sanjar Nafikov, O’zbekistan davlat konservatoriyasi tashki aloqalar bo’limi boshlig’i Elnora Mamadjanova, «Estrada cholg’u ijrochiligi» kafedrasi mudiri Xushnud Nazarov hamda, «Estrada cholg’u ijrochiligi» va «Estrada xonandaligi» kafedralari professor-o’qituvchilari va talabalari ishtirok etdilar. San’atkor yosh musiqachilarni jaz san’ati sirlari bilan savol-javob tarzida tanishtirdi. Uchrashuv qizg’in do’stona kayfiyatda o’tdi. Maxoratli Devid Breyd ijrosidagi kontsert dasturi ertaga 3 mart kuni O’zbekistan davlat konservatoriyasining Organ zalida soat 18:30 bo’lib o’tadi.

foto lavhalar

Share